12 524.920 so‘m

increase

27.730

14 630.360 so‘m

increase

32.390

155.960 so‘m

increase

0.250

12 524.920 so‘m

increase

27.730

30-iyul, 17:49
Bank

Oʻzbekiston “Asakabank”, “Turonbank” va “Aloqabank” xususiylashtirilishini 2025 yildan keyinga qoldirdi

“Oʻzsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirishni yakunlash esa 2025-2026 yillarga moʻljallanmoqda.

Shuningdek, “Oʻzmilliybank”, “Agrobank”, “Xalq banki” va boshqa davlat banklarini 2028 yilgacha xususiylashtirish koʻzda tutilmagan.

Oʻzbekiston “Asakabank”, “Turonbank” va “Aloqabank” xususiylashtirilishini 2025 yildan keyinga qoldirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston toʻrtta yirik davlat bankining xususiylashtirilishini 2025 yildan keyinga qoldiradi.

Xususan, “Oʻzsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirishning yakuniy bosqichi 2025–2026 yillarga, qolgan uch bank — “Asakabank”, “Aloqabank” va “Turonbank” xususiylashtiruvi esa 2026–2027 yillarga moʻljallangan.

Qayd etilishicha, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” AJ, “Aloqabank” AT va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish rejalashtirilgan. Bu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda — banklarning institutsional islohoti, yaʼni faoliyatini transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda esa — davlat aksiyalarini sotish.

Shuningdek, “Oʻzmilliybank” AJ, “Agrobank” ATB, “Xalq banki” AT, “Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBni 2026–2028 yillarda xususiylashtirish rejalashtirilmagan.

Bu beshta bank ustav kapitallaridagi davlat ulushini saqlab qolishdan koʻzlangan maqsad – bank tizimi islohoti davomida aholining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va bank xizmatlarining hududiy qamrovini taʼminlashdir.


Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda hozirgacha xususiylashtirilgan eng soʻnggi davlat banki — “Poytaxtbank” boʻlib, u Birlashgan Arab Amirliklarining Bond Investments Limited LLC kompaniyasiga 10 million dollarga sotilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+