12 091.220 so‘m

increase

9.590

13 844.450 so‘m

increase

7.360

149.160 so‘m

decrease

-1.280

12 091.220 so‘m

increase

9.590

11 soat avval
Iqtisodiyot
21

“Oʻzbekgidroenergo” kuzatuv kengashiga Franklin Templeton va xorijiy investor vakillari kiritildi

Qarorga koʻra, uch nafar davlat organi mansabdor shaxslarining vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Ularning oʻrniga Franklin Templeton va AQShning Amber Hill Capital kompaniyasidan xorijiy mutaxassislar kiritildi.

“Oʻzbekgidroenergo” kuzatuv kengashiga Franklin Templeton va xorijiy investor vakillari kiritildi

“Oʻzbekgidroenergo” AJ Kuzatuv kengashi tarkibida oʻzgarishlar boʻlib oʻtdi. Bu haqda jamiyatning 13 mart kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida maʼlum qilingan. 

Yigʻilishi qaroriga koʻra, quyidagi aʼzolarning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi:

  • Mustafoyev Kuvonchbek Muxtor oʻgʻli – Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoat siyosatini amalga oshirish departamenti direktori oʻrinbosari;
  • Xodjayev Sherzod Xikmatullayevich – Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori;
  • Shukurov Behruz Komiljon oʻgʻli – Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv boshqarmasi bosh mutaxassisi

Ularning oʻrniga Kuzatuv kengashiga uch nafar shaxs kiritildi:

  • Miraliyev Alisher Erkinovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari;
  • Kakurin Nikita Ivanovich – Frank Templeton Asset Management kompaniyasining katta investitsion menejeri (mustaqil aʼzo);
  • Martin Bernshtein – Amber Hill Capital (AQSh) kompaniyasining boshqaruvchi hamkori (mustaqil aʼzo).

Maʼlumot uchun “Oʻzbekgidroenergo”ning 40 foizlik ulushi Franklin Templeton boshqaradigan Milliy Investitsiya jamgʻarmasiga tegishli. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+