11 847.160 so‘m

increase

52.280

13 843.410 so‘m

increase

157.810

141.440 so‘m

increase

2.770

11 847.160 so‘m

increase

52.280

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
35

“Oʻzbekfilm”ning 22,9 mln yevro kredit qarzi bor, yer maydonlari esa garovda — Jahongir Ahmedov

“Oʻzbekfilm”ning 22,9 mln yevro kredit qarzi bor, uning mol-mulki va yer maydonlari esa garovga qoʻyilgan.

Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedovga koʻra, soliq qarzi tufayli studiya balansidagi 12 ta avtomobil auksionga chiqarilishi mumkin.

Kinostudiya oʻz faoliyatini saqlab turish uchun yiliga kamida 60 mlrd soʻmlik buyurtmaga muhtoj.

“Oʻzbekfilm”ning 22,9 mln yevro kredit qarzi bor, yer maydonlari esa garovda — Jahongir Ahmedov

“Oʻzbekfilm” milliy kinostudiyasining kredit majburiyati 22,9 mln yevroga yetgan. Bu haqda madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov maʼlum qildi.

21 avgustdagi rasmiy kurs boʻyicha ushbu summa qariyb 317 mlrd soʻmga teng. Yaʼni kredit majburiyati studiyaning oʻzini saqlab turishi uchun zarur boʻlgan yillik buyurtmalar hajmidan nominal jihatdan 5,3 baravar koʻp.

Kredit taʼminoti sifatida kinostudiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham garovga qoʻyilgan. Kreditning qaysi bankdan, qanday muddat va foiz stavkasida olingani ochiqlanmagan.

Bundan tashqari, “Oʻzbekfilm”ning soliqlardan 1 mlrd soʻmdan ortiq qarzi toʻplangan. Ahmedovning bildirishicha, qarzdorlik sabab studiya balansidagi 12 ta avtomobil 12 kun ichida auksionga chiqarilishi xavfi mavjud.

Kinostudiyada xodimlarning ish haqi boʻyicha ham yirik qarzdorlik shakllangan. Biroq uning aniq miqdori keltirilmagan.

Agentlik rahbari “Oʻzbekfilm” yiliga kamida 60 mlrd soʻmlik buyurtma bajarmasa, oʻz faoliyatini mustaqil saqlab tura olmasligini qayd etdi. Bu studiyaning daromad modeli hali bozor tamoyillariga toʻliq oʻtmagani va uning davlat buyurtmalariga qaramligicha qolayotganini koʻrsatadi.

Ahmedovga koʻra, endilikda studiyani faqat qarzlardan chiqarish yetarli emas. “Oʻzbekfilm”ni zamonaviy boshqaruvga ega, xususiy investitsiya va xalqaro hamkorlikni jalb qila oladigan hamda oʻz mahsulotini bozorda sotadigan milliy kino kompaniyasiga aylantirish zarur.

Ayni paytda kreditni qayta moliyalashtirish, garovdagi aktivlarni boʻshatish yoki soliq va ish haqi qarzlarini qoplash boʻyicha aniq choralar eʼlon qilinmagan. “Oʻzbekfilm”ning moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturi qanday manbalar hisobidan amalga oshirilishi ham hozircha nomaʼlum.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+