12 933.160 so‘m

decrease

-14.940

14 719.230 so‘m

increase

23.140

158.280 so‘m

increase

1.350

12 933.160 so‘m

decrease

-14.940

13 soat avval
Iqtisodiyot

“Oʻzavtosanoat” AJning birinchi chorakdagi sof foydasi 100 barobardan koʻproqqa kamaydi

Kompaniya “Jizzax Avtomobil Zavodi” MChJ (Volkswagen ishlab chiqaruvchisi), UZAUTO MOTORS AJ va BYD UZBEKISTAN FACTORY MChJ kabi yirik korxonalarning taʼsischisi hisoblanadi.

“Oʻzavtosanoat” AJning birinchi chorakdagi sof foydasi 100 barobardan koʻproqqa kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Korporativ maʼlumotlarga koʻra, "Oʻzavtosanoat" AJ 2025 yilning birinchi choragini nihoyatda past koʻrsatkichlar bilan yakunladi.

Kompaniya dastlabki uch oylikni atigi 178,3 mln soʻm sof foyda bilan yakunlagan. Bu oʻtgan yil mos davridagi 18,8 mlrd soʻmlik sof foyda bilan solishtirganda 99 foiz yoki 105 barobarga kamroqdir. 

Kompaniyaning jami aktivlari 7,1 trillion soʻmni tashkil etib, hisobot davri boshidan buyon 7 milliard soʻmga kamaygan. 

Asosiy faoliyatdan olingan daromad ham ikki barobarga pasayib, 12,1 milliard soʻmni tashkil qildi. Soliq toʻlovlari boʻyicha ham pasayish kuzatildi. Aksiyadorlik jamiyati birinchi chorakda 512,7 mln soʻmlik daromad soligʻi toʻlagan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 84,6 foizga kam.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzavtosanoat AJ Oʻzbekistondagi avtomobil sanoatining yetakchi ishtirokchisidir. Kompaniya “Jizzax Avtomobil Zavodi” MChJ (Volkswagen ishlab chiqaruvchisi), UZAUTO MOTORS AJ va BYD UZBEKISTAN FACTORY MChJ kabi yirik korxonalarning taʼsischisi hisoblanadi.


Eslatib oʻtish kerak, 2025 yil 1 maydan boshlab, yangi elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi toʻrt baravarga oshiriladi.

Hukumat qaroriga koʻra, ishlab chiqarilganiga uch yilgacha boʻlgan elektromobillar uchun yigʻim bazaviy hisoblash miqdorining 120 baravari etib belgilangan (hozirda 30 baravar). Ishlab chiqarilganiga uch yildan ortiq boʻlgan elektromobillar uchun esa bu koʻrsatkich BHMning 210 baravariga yetkaziladi (hozirgi 90 baravarga nisbatan).

Mazkur tartib kuchga kirishi natijasida, yil boshidan beri keskin kamaygan avtomobil importi yanada qisqarishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+