11 975.360 so‘m

decrease

-98.060

14 020.750 so‘m

decrease

-113.600

162.910 so‘m

decrease

-1.560

11 975.360 so‘m

decrease

-98.060

3 soat avval
Bank
32

“Oʻzagrosugʻurta” dagi 99,47 foizlik davlat ulushi Toshkent fond birjasi orqali sotuvga chiqariladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzagrosugʻurta” AJdagi 99,47 foizlik davlat ulushini Toshkent fond birjasining Nego maxsus savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqaradi. Yagona lot sifatida taklif etilayotgan aksiyalar paketining umumiy qiymati 197,51 mlrd soʻmni tashkil etadi.

“Oʻzagrosugʻurta” dagi 99,47 foizlik davlat ulushi Toshkent fond birjasi orqali sotuvga chiqariladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasidagi davlat ulushini Toshkent fond birjasi orqali sotuvga qoʻyilishini eʼlon qildi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, sugʻurtalovchining 99,47 foiz aksiyalarini sotish Nego maxsus muzokara savdo maydonchasida amalga oshiriladi. Investitsiya vositachisi sifatida “Mulk-sarmoya brokerlik uyi” ishtirok etadi.

Xaridorlarga 33 042 224 dona aksiya paketi taklif qilinmoqda. Ularning 33 039 847 donasi oddiy, 2 377 donasi esa imtiyozli aksiyalardan iborat. Paketning umumiy qiymati 197,51 mlrd soʻmni tashkil etadi, bir dona aksiyaning nominal narxi 5 977 soʻm 70 tiyinga teng.

Qimmatli qogʻozlar yagona lot sifatida sotiladi. Nego maydonchasidagi savdolar 15 iyun kuni boshlanadi.

Birja bitimi eng yuqori narx taklif qilgan talabgor bilan amalga oshiriladi. Talabgorlar aktivni sotib olish boʻyicha qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni Davaktiv agentligi yoki investitsiya vositachisidan soʻrash huquqiga ega. Bunda xizmat yoki tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar bundan mustasno.

“Oʻzagrosugʻurta” haqida qisqacha maʼlumot

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Oʻzbekistondagi yirik sugʻurta kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya sugʻurta sohasining barcha 17 ta klassi boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sugʻurta xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniya xizmatlari respublika boʻylab 1000 nafarga yaqin sugʻurta agentlari orqali koʻrsatiladi.

“Oʻzagrosugʻurta” Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligining “Ba3” kredit reytingiga ega. Ushbu reyting kompaniyaning moliyaviy holati barqaror va oʻrtacha darajada ekanini anglatadi.

2025 yil yakunlariga koʻra, kompaniyaning sugʻurta mukofotlari hajmi 132,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+