12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

14 343.030 so‘m

increase

14.010

152.370 so‘m

increase

1.180

12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

5 kun avval
Soliq

OpenAI Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi

Maʼlumot uchun, ushbu kompaniya mashhur ChatGPT platformasi yaratuvchisi hisoblanadi. Shu tariqa, Oʻzbekistonda rasmiy soliq toʻlovchi xorijiy internet-kompaniyalar soni 67 taga yetdi.

OpenAI Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Amerikalik sunʼiy intellekt kompaniyasi OpenAI Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

2025 yil 8 aprel kuni ChatGPT yaratuvchisi Soliq qoʻmitasining elektron xizmatlar platformasida QQS (qoʻshilgan qiymat soligʻi) toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Shu tariqa, Oʻzbekistonda rasmiy soliq toʻlovchi xorijiy internet-kompaniyalar soni 67 taga yetdi.

OpenAI — sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniya boʻlib, uning eng mashhur mahsuloti ChatGPT hisoblanadi. Ushbu chat-bot foydalanuvchilarga savollarga javob berish, matn yozish, tarjima qilish, kod yozishda yordam berish kabi turli funksiyalarni taklif etadi.

Shuningdek, ChatGPT bir necha oydan beri Oʻzbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp yuklab olingan ilovalar qatorida boʻlib turibdi. 


Eslatib oʻtamiz, xorijiy internet-kompaniyalar 2024 yilda Oʻzbekistonda 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+