12 994.590 so‘m

increase

13.700

14 761.850 so‘m

increase

38.920

157.680 so‘m

decrease

-0.990

12 994.590 so‘m

increase

13.700

2 kun avval
Texnologiya

OpenAI 1 mlntagacha token bilan ishlay oluvchi GPT-4.1 modelini taqdim qildi

Kompaniya taʼkidlashicha, GPT-4.1 hozirgacha mavjud eng kuchli model boʻlgan GPT-4o’dan barcha jihatlarda ustunlik qiladi.

OpenAI 1 mlntagacha token bilan ishlay oluvchi GPT-4.1 modelini taqdim qildi
Foto: AI / Pinkod.uz

OpenAI kompaniyasi oʻzining eng yangi sunʼiy intellekt modeli — GPT-4.1’ni taqdim etdi. Bu model avvalgi avlod — GPT-4o’dan ham samaraliroq boʻlib, kod yozish, koʻrsatmalarga amal qilish va katta hajmdagi matnlar yoki suhbatlarni tushunishda sezilarli darajada yaxshilangan.

Kompaniyaning bildirishicha, GPT-4.1 ayni vaqtda mavjud boʻlgan eng kuchli model boʻlib, barcha asosiy jihatlarda GPT-4o’dan ustun turadi. Model ishlab chiquvchilar uchun API platformasida ishga tushirilgan.

GPT-4.1 modelining eng katta yangiliklaridan biri — 1 million tokengacha boʻlgan maʼlumot hajmini qayta ishlay olishi. Bu taxminan 750 mingta soʻzga teng boʻlib, modelni katta hajmdagi hujjatlar, hisobotlar yoki murakkab kod bazalari bilan ishlash uchun nihoyatda qulay qiladi.

Sinov natijalariga koʻra, GPT-4.1 kod yozish vazifalarida GPT-4o’dan 21%, GPT-4.5’dan esa 27% samaraliroq ishlaydi. Bundan tashqari, u foydalanuvchi koʻrsatmalariga aniqroq amal qiladi va uzoq kontekstli matnlar yoki suhbatlarda izchillikni saqlab qolishda ham ustunlikka ega.

OpenAI shuningdek, GPT-4.1 modelining yengilroq variantlarini — GPT-4.1 MIni va GPT-4.1 Nano’ni ham taqdim etdi. Ular tezkorlik va resurs tejalishini talab qiladigan qurilma va ilovalar uchun moʻljallangan. Ushbu modellar kamroq hisoblash quvvatiga ega tizimlarda ham samarali ishlaydi.


Avvalroq, OpenAI Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+