11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

2 soat avval
Iqtisodiyot
40

Oltin narxi uch oy ichida ilk bor 4 ming dollardan pastga tushdi

Jahon bozorida oltinning bir troya unsiyasi narxi 3 975 dollargacha pasayib, iyul oyining oʻrtalaridan beri eng past darajaga tushdi. Qimmatbaho metall haftalik hisobda qariyb 4 foizga arzonlashdi va soʻnggi toʻrt oydagi eng katta haftalik yoʻqotishni qayd etishi mumkin.

Oltin narxi uch oy ichida ilk bor 4 ming dollardan pastga tushdi

23 oktabr kuni xalqaro bozorda oltin narxi keskin pasayishda davom etdi. Reuters maʼlumotlariga koʻra, savdolar davomida bir troy unsiyasi (31,1 gramm) oltinning narxi 3 975,23 dollargacha tushgan. Keyinchalik narx qisman tiklanib, 4 000,59 dollar atrofida shakllangan.

Oltinning arzonlashishiga jahon bozorida neft narxining koʻtarilishi va AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini yuqori darajada saqlab qolishi mumkinligi haqidagi kutilmalar sabab boʻlmoqda.

Xususan, Saudiya Arabistonidagi husiylar hujumlari ortidan energiya taʼminotida uzilishlar yuz berishi xavfi kuchaydi. Natijada Brent markali neft narxi besh oydan ortiq davrdagi eng yuqori darajaga chiqdi.

Jonli oltin narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Jonli Oltin Narxi

Neftning qimmatlashishi inflyatsiya bosimini kuchaytirishi mumkin. Bu esa FZT tomonidan pul-kredit siyosatini yumshatish imkoniyatini cheklaydi. Yuqori foiz stavkalari odatda foiz daromadi keltirmaydigan oltinning investitsion jozibadorligini pasaytiradi.

Bozor ishtirokchilari FZT 27–28 oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan yigʻilishda asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish ehtimolini 92 foizga baholamoqda. Dekabr oyida stavka oshirilishi ehtimoli esa 83 foizga yetgan.

Bundan tashqari, AQSh texnologiya kompaniyalari aksiyalarining arzonlashishi ham oltin bozoriga bosim oʻtkazmoqda. Ayrim investorlar fond bozoridagi yoʻqotishlarini qoplash uchun oltin va kumush aktivlarini sotishga majbur boʻlmoqda.

Oltin bilan bir qatorda boshqa qimmatbaho metallar ham arzonlashdi. Jumladan, kumush narxi 0,7 foizga pasayib, bir unsiya uchun 54,17 dollarni tashkil etdi. Platina va palladiy narxlarida ham pasayish kuzatildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+