11 985.100 so‘m

increase

12.750

13 923.090 so‘m

increase

71.080

148.860 so‘m

increase

1.340

11 985.100 so‘m

increase

12.750

1 kun avval
Bozor
59

Oltin narxi 2026 yilgacha 5 300 dollargacha koʻtarilishi mumkin — J.P. Morgan

J.P. Morgan Private Bank tahlilchilari oltin narxi kelasi yilda 5 ming dollardan oshishi, 2026 yil oxiriga borib esa 5 200–5 300 dollarga yetishini prognoz qilmoqda.

Oltin narxi 2026 yilgacha 5 300 dollargacha koʻtarilishi mumkin — J.P. Morgan
Foto: AI / Pinkod.uz

J.P. Morgan banki tahlilchilarining baholashicha, oltin narxi kelasi yilda 5 ming dollardan oshishi, 2026 yil oxiriga borib esa 5 200–5 300 dollar atrofida boʻlishi mumkin. 

Prognozning asosiy omili sifatida rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklarining yirik hajmdagi oltin xaridlari koʻrsatilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Garchi narxlar soʻnggi oylarda biroz pasaygan boʻlsa-da, oltin joriy yil davomida 50 foizdan ortiq qimmatlab, bir necha bor tarixiy rekordlarni yangiladi. Jahon Oltin Kengashi (WGC) maʼlumotlariga koʻra, markaziy banklar soʻnggi bir yil ichida zaxiralariga 634 tonna oltin qoʻshgan. Bu avvalgi yillarga qaraganda past boʻlsa-da, 2022 yilgacha boʻlgan oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha yuqori.

Xitoy, Polsha, Turkiya va Qozogʻiston oltin xaridida yetakchi boʻlib turibdi. Ayniqsa Xitoy dollarga asoslangan global moliya tizimiga qaramlikni kamaytirishga intilayotgani sabab faol sotib olyapti. Mutaxassislar taʼkidlashicha, koʻplab davlatlarda byudjet profitsitlarining shakllanishi markaziy banklar qoʻlida qayta investitsiya qilishni talab qiladigan katta mablagʻlarni yuzaga keltirgan. Ushbu mablagʻlarning bir qismi dollarda ushlab turilayotgan boʻlsa-da, oltinning valyuta zaxirasidagi ulushi ham bosqichma-bosqich oshmoqda.

Investorlar tomonidan oltin xaridining kuchaygani ham narxlarning oʻsishiga taʼsir qilmoqda. Mutaxassislarning qayd etishicha, koʻpchilik investorlar portfelida oltin ulushi hanuz kichik boʻlgani uchun hatto ozgina qoʻshimcha talab ham narxlar dinamikasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

Goldman Sachs ham 2026 yil uchun taxmin berib, oltin narxi yil oxiriga borib 4 900 dollarga yetishini kutmoqda. Umuman olganda, markaziy banklar va investorlarning davom etayotgan xaridlari, shuningdek global moliyaviy tizim boʻyicha ortayotgan xavotirlar oltin narxining yaqin yillarda yuqoriga intilishini koʻrsatmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+