11 802.190 so‘m

decrease

-7.630

13 527.670 so‘m

decrease

-41.810

139.870 so‘m

decrease

-0.810

11 802.190 so‘m

decrease

-7.630

1 soat avval
Texnologiya
58

“Oldimizda katta va muhim vazifalar turibdi” — Saida Mirziyoyeva YouTube monetizatsiyasi haqida

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan Oʻzbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qilganini maʼlum qildi. 

Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼkidlashicha, shaxsga doir maʼlumotlar va raqamli toʻlovlar boʻyicha qonunchilik takomillashtirilgani xalqaro toʻlov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yoʻl ochmoqda.

“Oldimizda katta va muhim vazifalar turibdi” — Saida Mirziyoyeva YouTube monetizatsiyasi haqida

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi doirasida Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi. Muzokaralarda Oʻzbekistonda YouTube monetizatsiyasini yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqildi.

Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash va raqamli toʻlovlar sohasidagi qonunchilik takomillashtirildi.

“Buning natijasida Oʻzbekistonda xalqaro toʻlov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yoʻl ochilmoqda”, — dedi u.

Saida Mirziyoyeva Google bilan boshqa yoʻnalishlarda ham hamkorlik qilish imkoniyati borligini qayd etdi.

“Kompaniya bilan juda koʻp yoʻnalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi”, — deyiladi uning postida.

YouTube’ning hamkorlik dasturi hozir 108 ta davlatda ishlaydi. Markaziy Osiyoda esa monetizatsiya faqat Qozogʻistondagi kontent yaratuvchilar uchun mavjud.

Oʻzbekistonda YouTube monetizatsiyasini ochish masalasi kamida 2023 yildan beri muhokama qilinmoqda. Oʻsha yili Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov bu mavzuni AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuvda ham koʻtargan edi.

2026 yil mart oyida “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, maʼlumotlarni Oʻzbekiston hududidagi serverlarda saqlash talabi biometrik va genetik maʼlumotlar hamda telekommunikatsiya operatorlari abonentlariga oid maʼlumotlar uchun saqlab qolindi.

Boshqa shaxsga doir maʼlumotlarni tegishli himoya talablari bajarilgan taqdirda xorijda saqlash va qayta ishlashga ruxsat berildi. Iyul oyida hukumat bunday talablarga javob beradigan 49 ta davlat va hudud roʻyxatini tasdiqladi. Ular orasida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yaponiya ham bor.

Hozircha YouTube monetizatsiyasi Oʻzbekistonda qachon ishga tushirilishi va kontent yaratuvchilarga toʻlovlar qaysi tizim orqali amalga oshirilishi maʼlum qilinmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+