12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

13 525.020 so‘m

decrease

-47.510

145.460 so‘m

increase

1.300

12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

20 daqiqa avval
Bank
62

Octobank III chorak yakunlarini sarhisob qildi: foyda 57,5% ga oʻsdi, yangi raqamli toʻlovlar va 16 xil valyutada hisob-kitoblar yoʻlga qoʻyildi

2026 yilning III choragida Octobank kredit mahsulotlari qatorini kengaytirdi, internet-ekvayring boʻyicha hamkorlar uchun Apple Pay va Google Pay toʻlovlarini yoʻlga qoʻydi hamda korporativ mijozlarning xalqaro hisob-kitoblar boʻyicha imkoniyatlarini 16 ta valyutaga oshirdi.

Octobank III chorak yakunlarini sarhisob qildi: foyda 57,5% ga oʻsdi, yangi raqamli toʻlovlar va 16 xil valyutada hisob-kitoblar yoʻlga qoʻyildi

Moliyaviy oʻsish raqamlarda

2026 yilning yanvar-sentabr oylarida Octobank foydasi 266,36 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 57,53% ga koʻp. 1 oktabr holatiga koʻra, aktivlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 178,87% ga oshib, 14,62 trln soʻmga yetdi.

Kredit portfeli 104,56% ga oshib, 832,68 mlrd soʻmni, xususiy kapital 38,93% ga oshib, 1,30 trln soʻmni tashkil etdi. Majburiyatlar hajmi 4,31 trln soʻmdan 13,32 trln soʻmgacha oshdi — oʻsish 209,21%. Kapital rentabelligi (ROE) 27,4%, ustav kapitali 500 mlrd soʻmni tashkil etdi. Sof foizli daromad 439,39 mlrd soʻmga yetdi, mijozlar bazasi 3,66 mlnkishidan oshdi, xodimlar soni esa 487 kishini tashkil etdi.

Mijozlar uchun yangi bank mahsulotlari va zamonaviy toʻlov yechimlari

III chorakda Octobank uchta kredit dasturini taqdim etdi: uy-joy sotib olish uchun "Ipoteka", yangi avtomobillar uchun "Avtokredit 1.0" va ishlatilgan avtomobillar uchun "Avtokredit 2.0" dasturlari.

Internet-ekvayring boʻyicha hamkorlar uchun Apple Pay va Google Pay orqali toʻlovlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi. Yangi xizmatni ulagan birinchi yirik kompaniyalar Uzbekistan Airways va Centrum Air boʻldi: endi ularning yoʻlovchilari aviachiptalarni raqamli hamyonlar orqali toʻlashlari mumkin. Karta maʼlumotlarini himoya qilish uchun tokenizatsiya texnologiyasi qoʻllaniladi.

Korporativ mijozlar uchun 16 ta valyutada konversiya operatsiyalari va xalqaro toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirildi, jumladan: Xitoy yuani, Singapur dollari, Shveysariya franki, Polsha zlotiysi, Chexiya kronasi, kanada dollari, Meksika pesosi, Avstraliya dollari va Yaponiya iyenasi.

Shu bilan birga, Octobank mahalliy va xorijiy moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirib, ularning xizmatlarini rivojlantirish uchun infratuzilma taqdim etdi.

Paynet, Mikrokreditbank, Asia Alliance Bank, BRB, Anorbank va Tojikiston taraqqiyot banki ilovalarida xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻldi. Endilikda ushbu ilovalar orqali Turkiya, Xitoy, Tojikiston va boshqa mamlakatlarga pul yuborish mumkin.

Xalqaro standartlar ishonch va xavfsizlik asosi sifatida

III chorakda bank toʻlov kartalari maʼlumotlarini himoya qilish sohasida PCI DSS v4.0.1 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi sohasida ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini oldi.

Bu yutuqlar Octobank’ning shaffoflik, masʼuliyat va xavfsizlik tamoyillariga asoslangan moliyaviy institut sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi, mijozlar va xalqaro hamkorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Octobank xalqaro moliya maydonida

Octobank Global Banking & Finance Awards 2026 xalqaro mukofot dasturining ikki nominatsiyasida eʼtirof etildi. Bank «Oʻzbekistondagi eng yaxshi raqamli bank» va «Oʻzbekistonda gʻaznachilik operatsiyalari boʻyicha eng yaxshi bank» nominatsiyalarida taqdirlandi.

Ushbu mukofot moliya tashkilotlarining raqamli yechimlar, bank xizmatlari va gʻaznachilik operatsiyalarini rivojlantirishdagi yutuqlarini, shuningdek, moliya sohasining boshqa yoʻnalishlaridagi natijalarini eʼtirof etadi.

24-26 avgust kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan "Silk Road Finance & Technology Forum"da Octobank asosiy hamkor sifatida ishtirok etdi. Bankning yettita departamenti vakillari xorijiy mehmonlarga ekvayring, Open Banking va transchegaraviy toʻlovlar sohasidagi yechimlarni taqdim etdilar.

Xitoydagi CIFIT Octobank xalqaro moliya institutlari bilan vakillik munosabatlari, xalqaro hisob-kitoblar, gʻaznachilik operatsiyalari va savdoni moliyalashtirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib bordi. Ushbu yoʻnalishlar transchegaraviy toʻlovlar uchun kanallarni rivojlantirish va korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Octobank delegatsiyasi 28 sentabrdan 1 oktabrgacha Mayamida boʻlib oʻtgan SIBOS 2026koʻrgazmasida toʻrt kun davomida 100 dan ortiq ishbilarmonlik uchrashuvlarini oʻtkazdi. Bank Oʻzbekiston bank sektori vakillari orasida oʻz stendiga ega yagona ishtirokchiga aylandi.

Forum doirasida BNY, Raiffeisen Bank International, ICBC Standard Bank, China Construction Bank, Standard Chartered, Société Générale, Landesbank Baden-Württemberg, Citi Bank va boshqalar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Muhokamalar, shuningdek, vakillik munosabatlari, valyuta va banklararo operatsiyalar, savdoni moliyalashtirish va toʻlov yechimlarini qamrab oldi.

Bankning AQSh boʻyicha xalqaro dasturi Nyu-York davom etdi. Bank oʻzining imkoniyatlarini xalqaro auditoriyaga mashhur Times Square ekranlarida eʼlon qildi va megapolisning qoq markazida joylashgan ushbu maydonda taqdim etilgan Oʻzbekistonning birinchi banklaridan biriga aylandi.

Bank brendining dunyoning eng yirik kompaniyalari safidan joy olishi uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish hamda global moliya hamjamiyatiga ochiqligini namoyon etishga qaratilgan muhim imij qadami boʻldi.

Ijtimoiy masʼuliyat: yoshlar bilimiga sarmoya

III chorakda moliyaviy va texnologik rivojlanish bilan bir qatorda, Octobank ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirdi.

Butunjahon jamgʻarmalar kuni — 2026 doirasida Octobank Markaziy bank bilan hamkorlikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida moliyaviy savodxonlik boʻyicha ochiq darslar oʻtkazdi. Talabalar bilan shaxsiy byudjetni boshqarish, xarajatlarni rejalashtirish va jamgʻarmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti kampusida "Keys-klub" tashkil etilgan boʻlib, unda talabalar oʻquv nazariyasidan real vazifalarga oʻtishlari va mutaxassislar bilan muloqot qilish orqali bank faoliyati bilan tanishishlari mumkin.

Octobank uchun yoshlarning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash jamiyat rivojiga uzoq muddatli hissa qoʻshishning muhim yoʻnalishlaridan biridir.

Yakunlarni sarhisob qilar ekanmiz, 2026 yilning III choragi Octobank uchun muhim bosqich boʻlib, moliyaviy koʻrsatkichlarning oʻsishi, bank mahsulotlari va toʻlov infratuzilmasining rivojlanishi, eng muhimi, xalqaro moliya maydonidagi faollikning kengayishi bilan belgilandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+