12 091.220 so‘m

increase

9.590

13 844.450 so‘m

increase

7.360

149.160 so‘m

decrease

-1.280

12 091.220 so‘m

increase

9.590

9 soat avval
Bank
34

Obidjon Norqulov “Hayot Bank” boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Obidjon Norqulov “Hayot Bank” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval Asia Alliance Bank boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Obidjon Norqulov “Hayot Bank” boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Norqulov Obidjon Odilovich “Hayot Bank” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashining tegishli bayonnomasida maʼlum qilingan.

Yigʻilish kun tartibidagi masala sifatida Norqulov Obidjon Odilovich nomzodini “Hayot Bank” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi. Kuzatuv kengashi aʼzolari ushbu qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

Norqulov mazkur lavozimdagi faoliyatini Markaziy bank bilan kelishuv jarayonlari yakunlangandan soʻng boshlaydi.

Maʼlumot uchun, Obidjon Norqulov 1984 yilda tugʻilgan. U 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2005 yilda bank tizimida boshlagan. 20 yildan ortiq faoliyati davomida bir qator tijorat banklarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Obidjon Norqulov 2018 yildan Asia Alliance Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari, 2023 yildan esa boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2026 yil 30 yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda u ushbu lavozimdan ozod etilgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+