12 054.030 so‘m

increase

18.810

13 932.050 so‘m

increase

16.930

167.050 so‘m

decrease

-0.900

12 054.030 so‘m

increase

18.810

1 soat avval
Bank
24

Milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha stavkalar aprel oyida biroz pasaydi

2026 yil aprelida milliy valyutadagi jami kreditlar boʻyicha oʻrtacha stavka 19,7 foizni tashkil etdi. 

Tijorat kreditlari stavkasi martdagi 22,3 foizdan 22 foizga, imtiyozli kreditlar esa 10,5 foizdan 9,3 foizga tushdi. 

Shu bilan birga, aholiga ajratilgan kreditlar bir yil ichida 22,2 foizdan 20,4 foizgacha pasaygan boʻlsa, biznes kreditlari 18,1 foizdan 19,4 foizga oshgan. 

Milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha stavkalar aprel oyida biroz pasaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil aprel oyida banklar tomonidan milliy valyutada ajratilgan jami kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan nominal foiz stavkasi 19,7 foizni tashkil etdi. Mart oyida bu koʻrsatkich 19,8 foiz boʻlgan.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, aprel oyida milliy valyutadagi tijorat kreditlari boʻyicha stavka 22 foizgacha pasaydi. Bir oy avval bu koʻrsatkich 22,3 foiz, 2025 yil aprelida esa 22,6 foiz edi.

Eng sezilarli pasayish imtiyozli kreditlarda kuzatildi. Ular boʻyicha oʻrtacha stavka mart oyidagi 10,5 foizdan aprel oyida 9,3 foizga tushdi.

Jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha stavka 20,4 foizni tashkil qildi. Bu mart oyidagi 20,7 foizdan, shuningdek, 2025 yil aprelidagi 22,2 foizdan past.

Aholi kreditlari tarkibida qisqa muddatli qarzlar nisbatan qimmatligicha qolmoqda. Xususan, 1 yilgacha boʻlgan kreditlar boʻyicha stavka 25,6 foizni tashkil etdi. 1 yildan yuqori muddatli kreditlar boʻyicha esa stavka 20,3 foiz boʻldi.

Yuridik shaxslarga ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha stavka aprel oyida 19,4 foizni tashkil etdi. Bu mart oyidagi 19,3 foizga yaqin, biroq 2025 yil aprelidagi 18,1 foizdan yuqori.

Biznes uchun tijorat kreditlari boʻyicha stavka esa 22,6 foiz darajasida saqlanmoqda. Shu sababli umumiy koʻrsatkichdagi pasayish asosan imtiyozli kreditlar hisobiga yumshatilgan boʻlishi mumkin.

Real hisobda esa kreditlar hali ham qimmatligicha qolmoqda. Aprel oyida jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha real stavka 8,8 foizni, yuridik shaxslar boʻyicha esa 8,2 foizni tashkil etdi. Tijorat kreditlari kesimida bu koʻrsatkich aholida 9,7 foiz, biznesda esa 11,1 foizga yetgan.

Chet el valyutasida ajratilgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha stavka aprel oyida 10,2 foizni tashkil etdi. Mart oyida bu koʻrsatkich 9,9 foiz, 2025 yil aprelida esa 9,9 foiz boʻlgan.

Umuman olganda, aprel oyida milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha nominal stavkalarda biroz pasayish kuzatildi. Biroq real stavkalarning yuqori saqlanib qolayotgani kredit olish xarajati biznes va aholi uchun hali ham sezilarli yuk boʻlib qolayotganini koʻrsatadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+