11 910.930 so‘m

decrease

-29.770

13 784.520 so‘m

decrease

-54.750

147.490 so‘m

increase

0.090

11 910.930 so‘m

decrease

-29.770

Якин 1 соат ичида
Bank
31

Mikroqarzni qayerdan olish arzonroq: bank, MMT yoki lombard?

Oʻzbekistonda mikroqarz bozorida eng past foizlar banklar tomonidan taklif etilmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, banklarda mikroqarzlar oʻrtacha 32,4 % bilan berilayotgan boʻlsa, mikromoliya tashkilotlarida bu koʻrsatkich 55,9 %, lombardlarda esa 96,5 %ga yetgan. Tashkilotlar kesimidagi foiz stavkalari haqida batafsil:

Mikroqarzni qayerdan olish arzonroq: bank, MMT yoki lombard?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda lombardlar tomonidan berilayotgan mikroqarzlarning oʻrtacha foiz stavkasi 96,5 foiz, mikromoliya tashkilotlarida esa jismoniy shaxslarga ajratilayotgan mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan stavka 55,9 foizni tashkil qilmoqda. 

Bu koʻrsatkichlar Markaziy bankning soʻnggi hisoboti orqali maʼlum qilindi.

Mikromoliya tashkilotlari

2025 yilning oktabr oyida mikromoliya tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlarning oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi 55,9 foizni tashkil etdi.

Eng past foiz stavkasini taklif qilgan mikromoliya tashkilotlari:

  • Evrika KAPITAL — yillik 33,1 foiz;
  • AVTOGAZ FINANS LYUKS — yillik 40,0 foiz;
  • SAM FINANCE POWER — yillik 44,3 foiz;
  • TBC CREDIT — yillik 44,9 foiz.

Eng yuqori foiz stavkasini belgilagan mikromoliya tashkilotlari:

  • KREDITOMAT TASHKENT — yillik 100,5 foiz;
  • DANWEEK FUNDING — yillik 100,3 foiz;
  • FANAVVD — yillik 92,5 foiz;
  • SALAM-FINANCE — yillik 86,0 foiz;
  • TEZPUL ONLINE — yillik 82,1 foiz.

Lombardlar

2025 yilning oktabr oyida lombardlar tomonidan ajratilgan mikroqarzlarning oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi 96,5 foizni tashkil qildi.

Eng past foiz stavkasini taklif qilgan lombardlar:

  • SWIFT CREDIT — yillik 60,0 foiz;
  • OQTEPA CAPITAL — yillik 66,9 foiz;
  • BUXARA LOMBARD — yillik 68,7 foiz;
  • CREDIT FLEX — yillik 71,5 foiz;
  • BILLUR TONG YuLDUZI — yillik 72,0 foiz.

Eng yuqori foiz stavkasini belgilagan lombardlar:

  • 22 ta lombardning oʻrtacha foiz stavkasi 109,5 foizni tashkil qilgan. Ushbu lombardlar orasida HAMKOR-KREDIT, M KREDIT, OLOY-INVEST va boshqa tashkilotlar bor.
  • DAVR LOMBARD — yillik 105,7 foiz;
  • ZOLOTO — yillik 107,2 foiz.

Umumiy hisobda, 30 ta lombard mikroqarzlarni 100 foizdan yuqori stavkalarda ajratgan.

Banklardan mikroqarz olish ancha arzon

Banklar tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarzlarning oʻrtacha foiz stavkasi 32,4 foizni tashkil etdi. Bu oxirgi yillardagi eng past koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

Eng past foiz stavkasi boʻyicha banklar:

  • Aloqabank — yillik 23,0 foiz;
  • Infinbank va Trastbank — yillik 24,8 foiz.

Eng yuqori foiz stavkasi boʻyicha banklar:

  • Anorbank — yillik 40,7 foiz;
  • TBC Bank — yillik 40,4 foiz.

Avvalroq mikroqarzlar sifati yomonlashgani, biroq bir yil ichida banklar tomonidan ajratilgan mikroqarzlar hajmi 67 foizga oshgani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+