11 963.160 so‘m

increase

49.810

13 390.360 so‘m

increase

61.700

142.330 so‘m

decrease

-0.060

11 963.160 so‘m

increase

49.810

3 soat avval
Bank
42

Mikroqarz, avtokredit va ipoteka: qaysi banklarda foiz stavkalari eng past?

Mikrokreditbankda mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha stavka 21,6 foizni tashkil etgan boʻlsa, TBC Bankda 42,7 foizga yetgan. 

Avtokreditlarda eng past koʻrsatkich Asakabankda, ipotekada esa Oktobankda qayd etilgan boʻlib, har ikkisida 18 foizni tashkil etgan. 

Banklar kesimida kredit turlari boʻyicha foiz stavkalari haqida batafsil:

Mikroqarz, avtokredit va ipoteka: qaysi banklarda foiz stavkalari eng past?

Mikroqarz, avtokredit va ipoteka: qaysi banklarda foiz stavkalari eng past?

Mikroqarzlar boʻyicha eng past oʻrtacha foiz stavkasi Mikrokreditbankda, avtokreditlarda Asakabankda, ipotekada esa Oktobankda qayd etildi. Mazkur yoʻnalishlarda oʻrtacha stavkalar mos ravishda 28 foiz, 21,2 foiz va 21,8 foizni tashkil etgan. Biznes uchun asosiy vositalar xaridi va aylanma mablagʻlarni toʻldirish kreditlarida esa bu koʻrsatkich bir xil — 22,7 foiz boʻlgan.

Markaziy bank 2026 yil 12 oktabr holatiga banklar kesimida kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qildi. Maʼlumotlar soʻnggi 10 ish kunini qamrab oladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar boʻyicha eng past oʻrtacha stavka Mikrokreditbankda — 21,6 foizni tashkil etgan. Bu umumiy oʻrtacha koʻrsatkichdan 6,4 foiz punkt past.

Nisbatan past stavkalar quyidagi banklarda ham qayd etilgan:

  • Infinbank — 24 foiz;
  • Trastbank — 24,3 foiz;
  • Aziya Alyans bank — 24,4 foiz;
  • Agrobank — 24,8 foiz;
  • Milliy bank — 24,9 foiz.

Eng yuqori oʻrtacha stavka esa TBC bankda — 42,7 foiz boʻlgan. Shuningdek, AVO bankda 39,9 foiz, Uzum bankda 38 foiz, Ipak yoʻli bankda 36,4 foiz va Tenge bankda 35,4 foizlik koʻrsatkich qayd etilgan.

Shu tariqa, mikroqarzlar boʻyicha eng past va eng yuqori stavka oʻrtasidagi farq 21,1 foiz punktni tashkil etgan.

Avtokreditlar

Avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 21,2 foiz boʻlgan. Eng past koʻrsatkichlar quyidagi banklar hissasiga toʻgʻri kelgan:

  • Asakabank — 18 foiz;
  • Aloqabank — 18,7 foiz;
  • Ipoteka-bank — 18,7 foiz;
  • Apeks bank — 19,5 foiz;
  • Milliy bank — 20,6 foiz.

Aksincha, Davrbankda oʻrtacha stavka 25,3 foizni tashkil etgan. Garant bankda 24,5 foiz, Agrobankda 24,2 foiz va Mikrokreditbankda 24,1 foizlik koʻrsatkich qayd etilgan.

Markaziy bank izohiga koʻra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikdagi dasturlar va boshlangʻich badalga bogʻliq shartlar oʻrtacha stavkalarga taʼsir qiladi. Shu sababli ular banklarning alohida mahsulotlar boʻyicha eʼlon qilgan stavkalaridan farqlanishi mumkin.

Ipoteka kreditlari

Ipoteka boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 21,8 foizni tashkil etgan. Eng past koʻrsatkich Oktobankda — 18 foiz darajasida qayd etilgan.

Keyingi oʻrinlarda quyidagi banklar joylashgan:

  • Milliy bank — 20,6 foiz;
  • Biznesni rivojlantirish banki — 20,7 foiz;
  • OFB — 21 foiz;
  • SQB — 21 foiz;
  • Asakabank — 21,4 foiz.

Eng yuqori oʻrtacha stavka Aziya Alyans bankda — 26 foiz boʻlgan. Apeks bankda bu koʻrsatkich 25 foiz, Turonbank va Ipak yoʻli bankda 24,1 foizni tashkil etgan.

Mazkur statistika banklarning oʻz mablagʻlari hamda Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablagʻlari hisobidan ikkilamchi bozor uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qamrab oladi.

Asosiy vositalar xaridi uchun kreditlar

Yuridik shaxslarga bino, uskuna yoki transport xaridi uchun ajratilgan kreditlarda oʻrtacha stavka 22,7 foiz boʻlgan.

Eng past koʻrsatkichlar Infinbank — 20,2 foiz, Agrobank — 20,4 foiz va Biznesni rivojlantirish bankida — 20,6 foiz darajasida qayd etilgan.

Eng yuqori oʻrtacha stavka esa Anorbankda — 28 foizni tashkil etgan. Turonbankda 26,2 foiz, Garant bank, Poytaxt bank va Universalbankda 26 foizlik koʻrsatkich kuzatilgan.

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar

Ushbu yoʻnalishda ham oʻrtacha stavka 22,7 foizni tashkil etgan. Eng past koʻrsatkichlar quyidagicha boʻlgan:

  • Poytaxt bank — 20 foiz;
  • Milliy bank — 20,3 foiz;
  • Apeks bank — 20,6 foiz;
  • Infinbank — 21,3 foiz;
  • Mikrokreditbank — 21,6 foiz.

Eng yuqori oʻrtacha stavka Tayanch bankda — 33 foiz boʻlgan. Hayot bankda bu koʻrsatkich 28,7 foiz, Anorbankda 28,3 foiz va Davrbankda 26,9 foizni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+