12 105.560 so‘m

decrease

-24.450

14 232.510 so‘m

decrease

-12.970

152.560 so‘m

decrease

-0.480

12 105.560 so‘m

decrease

-24.450

24-iyul, 11:12
Bank
636

Mikrokreditbank yarim yilda 49 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori — 2024 yilning yanvar-iyun oylarida bank sof foydasi atigi 3,5 milliard soʻmni tashkil qilgan edi. Sof foydadagi oʻsish 1 293 foizni tashkil qilmoqda.

Mikrokreditbank yarim yilda 49 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi

Mikrokreditbank 2025 yilning birinchi yarim yilligiga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. 

Unga koʻra, bank olti oy davomida 49 milliard soʻm sof foyda koʻrgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori — 2024 yilning yanvar-iyun oylarida bank sof foydasi atigi 3,5 milliard soʻmni tashkil qilgan edi. Natijada, sof foyda 1293 foizga oshgan.

Bank mazkur davrda 2,5 trillion soʻmlik foizsiz daromad olgan. Bu ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 29,2 foizga koʻproqdir. Foizli daromadlar esa 752,9 milliard soʻmni tashkil etgan.

Shuningdek, bank xodimlarining oylik ish haqi va boshqa xarajatlari uchun 296,2 milliard soʻm sarflagan. Davlat byudjetiga esa 13,6 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlangan.

2025 yil 1 iyun holatiga koʻra, Mikrokreditbankʼning umumiy kredit portfeli 19,6 trillion soʻmni tashkil etgan. Shundan 1,3 trillion soʻm yoki 6,5 foizi muammoli kreditlar (NPL – non-performing loans) hisoblanadi.


Avvalroq, Pinkod “Ipoteka bank” birinchi yarim yillikda qariyb 400 mlrd soʻm zarar koʻrgani haqida yozgan edi

Shuningdek, banklar moliyaviy koʻrsatkichlari, shu jumladan, sof foydasi haqidagi muhim maʼlumotlar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+