11 802.190 so‘m

decrease

-7.630

13 527.670 so‘m

decrease

-41.810

139.870 so‘m

decrease

-0.810

11 802.190 so‘m

decrease

-7.630

Yaqin 1 soat ichida
Bank
37

Mikrokreditbank boshqaruv raisi oʻrinbosari Sodir Melibayev lavozimidan ketdi

Sodir Melibayev oʻz arizasiga koʻra boshqaruv raisi oʻrinbosarligidan ozod etildi, uning boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolati ham tugatildi. Maʼlumotlarga koʻra, u bankda IT boʻyicha maslahatchi lavozimiga tayinlangan.

Mikrokreditbank boshqaruv raisi oʻrinbosari Sodir Melibayev lavozimidan ketdi

Mikrokreditbank kuzatuv kengashi 17 sentabrdagi yigʻilishida Sodir Melibayevni oʻz xohishiga koʻra boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilishga qaror qildi. Shuningdek, uning boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolati muddatidan oldin tugatilib, u bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilindi.

Bankirlar uchun kanali maʼlumotiga koʻra, Melibayev Mikrokreditbank boshqaruvi raisining IT boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Bank eʼlon qilgan kuzatuv kengashi qarorida bu tayinlov qayd etilmagan.

Kuzatuv kengashi tasdiqlagan yangi boshqaruv tarkibida Malik Avazov rais, Baxadir Allaniyazov, Ikram Djumaniyazov va Ibroximjon Mamadjanov rais oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida koʻrsatilgan. Tarkibdagi bir oʻrin vakant qolgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+