12 933.160 so‘m

decrease

-14.940

14 719.230 so‘m

increase

23.140

158.280 so‘m

increase

1.350

12 933.160 so‘m

decrease

-14.940

1 kun avval
Iqtisodiyot

Mart oyida avtomobil bozori qanday oʻzgardi?

Mazkur oyda avtomobil savdosi 3%ga kamaydi (76,8 ming dona), biroq xorijiy yengil avtomobillar 28%ga, foydalanilgan elektromobillar esa 10%ga oshdi.

Mart oyida avtomobil bozori qanday oʻzgardi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Mart oyida avtomobil bozorida qisqa muddatli pasayish kuzatilgan boʻlsa-da, ayrim segmentlarda oʻsish davom etmoqda. 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan eʼlon qilingan tahlilga koʻra, joriy yilning mart oyida Oʻzbekistonda avtotransport vositalari savdosi 3%ga kamayib, 76,8 ming donani tashkil etdi. 

Shunga qaramay, xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar hamda foydalanilgan elektromobillar segmentlarida barqaror oʻsish kuzatildi.

Yengil avtomobillar

Mart oyida yengil avtomobillar savdosi bir oy avvalgiga nisbatan 3,4%ga qisqarib, 65 ming dona atrofida boʻldi.

Birlamchi bozor

Yengil avtomobillarning birlamchi bozorida savdolar 6%ga kamayib, 22,4 ming donani tashkil etdi. Biroq, yillik koʻrsatkichlarga qaraganda, ushbu segmentda 3%lik oʻsish qayd etildi.

Ikkilamchi bozor

Ikkilamchi bozorda esa mart oyida savdo hajmi 2%ga pasayib, 42,5 ming donani tashkil etdi. Shunga qaramay, foydalanilgan elektromobillar bozori ijobiy dinamikani saqlab qolmoqda — bu segmentda savdolar 10%ga oshib, 1,8 ming donaga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan uch baravarga koʻpdir.

Xorijiy yengil avtomobillar

Oʻzbekiston bozorida xorijiy yengil avtomobillarga boʻlgan talab ortishda davom etmoqda. Mart oyida ushbu segmentda savdo hajmi 28%ga oshib, 2,7 ming donani tashkil etdi. Yillik hisobda bu oʻsish 13%ni tashkil qilmoqda.


Avvalroq, Pinkod Oʻzbekistonga qilinadigan avtomobil importi mart oyida keskin kamaygani haqida xabar bergan edi

Birgina mart oyida avtomobillar importi 1,6 barobarga kamaygan. Joriy yilning birinchi choragi yakuni boʻyicha esa mamlakatga olib kelingan avtomobillar soni 3,2 barobarga, import qiymati esa 4,2 barobarga qisqargan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+