11 830.870 so‘m

increase

16.820

13 450.520 so‘m

decrease

-31.670

139.270 so‘m

decrease

-0.660

11 830.870 so‘m

increase

16.820

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
20

Marko Rubio Oʻzbekistonga 100 dan ortiq AQSh kompaniyasi rahbarlarini olib keladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio oktabr oʻrtalarida Oʻzbekistonga yirik biznes delegatsiyasi bilan kelishi kutilmoqda. Samarqanddagi tashrifda 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi rahbarlari ishtirok etadi. Muzokaralarning asosiy mavzulari savdo, investitsiya, energetika xavfsizligi va Markaziy Osiyodagi iqtisodiy aloqalar boʻladi.

Marko Rubio Oʻzbekistonga 100 dan ortiq AQSh kompaniyasi rahbarlarini olib keladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio oktabr oʻrtalarida Samarqandga tashrif buyurib, 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi rahbarlaridan iborat biznes delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Bu haqda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serxio Gor maʼlum qildi. U delegatsiyani ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar tarixidagi muhim tashrif sifatida baholagan.

Tashrif Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan C5+1 vazirlar uchrashuvi doirasida amalga oshiriladi. Unda AQSh hamda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari qatnashishi kutilmoqda.

Muzokaralarda mintaqaviy iqtisodiy bogʻliqlikni kuchaytirish, energetika xavfsizligi va Markaziy Osiyo davlatlari uchun umumiy boʻlgan masalalarda hamkorlikdagi yechimlarni ishlab chiqish muhokama qilinadi. Hozircha delegatsiya tarkibiga kiradigan kompaniyalar va tashrif davomida imzolanishi mumkin boʻlgan kelishuvlar roʻyxati ochiqlanmagan.

Rubio uchun bu davlat kotibi lavozimidagi Markaziy Osiyoga ilk tashrif boʻladi. U 2025 yil noyabrida mintaqaning barcha besh davlatiga borish niyati borligini bildirgan edi.

Tashrif Oʻzbekiston va AQSh iqtisodiy aloqalari faollashayotgan bir paytda amalga oshiriladi. 2026 yil aprelida Vashingtonda Amerika–Oʻzbekiston biznes va investitsiyalar kengashi ish boshladi. Unga Oʻzbekiston tomonidan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, AQSh tomonidan esa Serxio Gor hamraislik qiladi.

Iyun oyida Toshkentdagi biznes forumda ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng yirik AQSh biznes delegatsiyalaridan biri qatnashgan edi. Unda 193 kompaniya vakili ishtirok etgan, Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistondagi yangi investitsiyalari 2026 yil boshidan buyon 2 mlrd dollardan oshgani aytilgandi. Hamkorlik uchun foydali qazilmalar, mineral oʻgʻitlar, farmatsevtika va toʻqimachilik ustuvor yoʻnalishlar sifatida koʻrsatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+