12 047.450 so‘m

increase

26.550

14 099.130 so‘m

increase

110.410

151.900 so‘m

decrease

-3.590

12 047.450 so‘m

increase

26.550

12 soat avval
Bank
41

Markaziy bank tijorat banklarini insofsiz amaliyotlarni toʻxtatish boʻyicha ogohlantirdi

Markaziy bank tijorat banklarining mobil ilovalarda mijozlarga “bosh oferta” orqali soʻralmagan xizmatlarni majburan qabul qildirishini tanqid qildi. Shuningdek, kredit kartasi qarzini yopish uchun tushirilgan mablagʻdan ham komissiya undirilishi isteʼmolchilar uchun noqonuniy toʻsiq sifatida baholandi.

Markaziy bank tijorat banklarini insofsiz amaliyotlarni toʻxtatish boʻyicha ogohlantirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy notijoratt banklari tomonidan mobil ilovalar orqali xizmat koʻrsatishda va komissiyalar undirishda yoʻl qoʻyilayotgan "insofsiz amaliyotlar" yuzasidan munosabat bildirdi. Regulyator banklardan mijozlarning eʼtiborsizligidan foydalanishni toʻxtatishni talab qilmoqda.

Markaziy bankning 2025 yil 11 dekabrdagi 26-20/2349-sonli koʻrsatmasida ikkita asosiy muammo tanqid ostiga olingan.

Mobil ilovalardagi "Bosh oferta" tuzogʻi

Markaziy bank tahlillariga koʻra, banklar mobil ilovada biror xizmatdan (masalan, toʻlov yoki oʻtkazma) foydalanmoqchi boʻlgan isteʼmolchiga oʻnlab varaqlardan iborat umumiy "bosh oferta"ni tasdiqlashni taklif qilmoqda.

Muammo shundaki, bu oferta nafaqat mijoz tanlagan xizmatni, balki bankning barcha xizmatlari boʻyicha shartlarni oʻz ichiga oladi.

Isteʼmolchi faqat bitta xizmatni xohlasa ham, "bosh oferta"ni qabul qilish orqali oʻziga kerak boʻlmagan boshqa xizmatlarga ham majburan rozilik berib yubormoqda.

Shuningdek, isteʼmolchilar odatda uzun matnni oʻqimay, "bu faqat men tanlagan xizmatga tegishli" deb oʻylab rozilik beradi.

Bankning bir nechta xizmatlari boʻyicha shartlarga isteʼmolchining roziligini olishi kelgusida “men ofertaga rozilik berish paytida bu xizmatni soʻramagan edim”, “menga oʻsha paytda falon shartga rozi boʻlgansan deb aytishyapti¨ kabi vajlar kelib chiqishi hamda bank va isteʼmolchi oʻrtasida nizolar yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Qarzdorlikni yopishdagi toʻsiqlar

Ikkinchi jiddiy masala kredit kartalari bilan bogʻliq. Ayrim banklar muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda kartani avtomatik bloklaydi. Isteʼmolchi qarzini yopish uchun ushbu kartaga pul tashlaganida esa, bank bu mablagʻdan ham komissiya undirib qolmoqda.

Markaziy bankning taʼkidlashicha, bu holat isteʼmolchining bank oldidagi majburiyatini bajarishini qiyinlashtiradi va sunʼiy toʻsiq paydo qiladi.

Markaziy bank ushbu amaliyotlarni adolat tamoyillariga zid va mazmunan insofsiz deb baholadi. Bu harakatlar quyidagi qonun talablarini buzmoqda:

Fuqarolik kodeksi (9-modda): Fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi kerak.

“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun (18-modda): Shartnoma predmetiga aloqasi boʻlmagan shartlarni majburan qabul qildirish – ustun mavqeni suiisteʼmol qilish deb baholanadi.

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun (65-modda): Bank shaxsni bitta xizmatdan foydalanishi uchun boshqa xizmatdan foydalanishga majbur qilishi taqiqlanadi.

Markaziy bank barcha tijorat banklariga quyidagi qatʼiy talablarni qoʻydi:

  1. Isteʼmolchilarga oferta taqdim etishda ustunlikdan foydalanib, ular soʻramagan xizmatlarni shartnomaga tiqishtirishga chek qoʻyish.
  2. Komissiyalar joriy etishda adolat va halollik tamoyillariga rioya qilish.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+