11 820.480 so‘m

increase

19.250

13 766.130 so‘m

increase

28.320

137.510 so‘m

increase

0.780

11 820.480 so‘m

increase

19.250

Yaqin 11 daqiqa ichida
Iqtisodiyot
55

Korzinka’ga yangi bosh direktor tayinlandi

Pedro Martino 2 sentabrdan Korzinka’ning bosh direktori sifatida ish boshladi. U chakana savdo sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega boʻlib, xalqaro tanlov orqali tanlangan. Shu tariqa kompaniyaning qariyb bir yil davom etgan yangi rahbar izlash jarayoni yakunlandi.

Korzinka’ga yangi bosh direktor tayinlandi

Korzinka’ Direktorlar kengashi Pedro Martinoni kompaniyaning yangi bosh direktori etib tayinladi. 

U Toshkentga koʻchib kelgan va 2026 yil 2 sentabrdan oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Martino oziq-ovqat chakana savdosi sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega. U Polsha, Portugaliya, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Ozarbayjondagi chakana savdo kompaniyalarida ishlagan.

Yangi rahbar faoliyatining katta qismini Polshaning Eurocash Group kompaniyasida oʻtkazgan. U yerda doʻkonlar tarmogʻini kengaytirish, logistika va texnologiyalarga investitsiya kiritish, shuningdek, kompaniyaning raqamli yoʻnalishlarini rivojlantirishda ishtirok etgan.

Martino yaqin vaqtgacha Eurocash tarkibidagi Polshaning onlayn oziq-ovqat savdosi kompaniyasi Frisco.pl’ga vaqtincha bosh direktor sifatida rahbarlik qilgan. Uning tajribasi, shuningdek, merchandayzing, taʼminot zanjiri, elektron tijorat va doʻkonlar faoliyatini boshqarish yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Korzinka’ning avvalgi bosh direktori Rud Pedersen 2025 yil sentabrida oilasiga koʻproq vaqt ajratish istagini bildirib, lavozimidan ketgan edi. 

Shundan keyin bosh direktorning birinchi oʻrinbosari Akmal Asadov kompaniyani vaqtincha boshqarib kelgan. Korzinka’ oʻsha paytda yangi rahbarni xalqaro tanlov orqali izlashni boshlaganini maʼlum qilgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+