12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

04-sentabr, 12:00
Bank

Kim yoki nima bank tizimida korrupsiyani keltirib chiqarmoqda? — soʻrovnoma

Markaziy bank bank tizimidagi korrupsiyani yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Kim yoki nima bank tizimida korrupsiyani keltirib chiqarmoqda? — soʻrovnoma
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank bank tizimidagi korrupsiyani yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Soʻrovnomada respublika boʻyicha jami 6 438 nafar respondent ishtirok etdi. Ularning 58,7 foizi davlat xizmatchilari, 26 foizi tadbirkorlik subʼektlari boʻlsa, qolganlari boshqa toifalarga mansub. Ishtirokchilarning yarmidan koʻpi 18–35 yoshdagi, qolgan qismi esa asosan 35–60 yosh oraligʻidagi fuqarolarni tashkil etdi.

Natijalarga koʻra, aholining katta qismi bank xizmatlaridan faol foydalanadi. Eng koʻp talab qilinadigan xizmatlar qatorida:

  • bank kartalari (66,1%),
  • kredit mahsulotlari (59,2%),
  • hisob-kitob va toʻlov xizmatlari (43%) qayd etildi.

Aynan shu xizmatlar korrupsiya xavfi yuqori deb baholangan. Masalan, "Bank xizmatlarining qaysi turida korrupsiya xavfi yuqori?" degan savolga:

  • 49,4 foiz ishtirokchi kredit mahsulotlarini,
  • 42,7 foizi lizing, faktoring hamda konvertatsiya amaliyotlarini eng xavfli yoʻnalish sifatida koʻrsatdi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri korrupsiyaga duch kelganlar ulushi nisbatan past boʻlsa-da, eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydi. Jumladan, 5,9% ishtirokchi bank xodimlaridan korrupsion takliflarga duch kelganini, 9,6% esa xizmatlardan foydalanishda “tanish-bilishchilik”ka murojaat qilishga majbur boʻlganini bildirdi.

Banklarda ishga qabul qilish jarayonida korrupsiya holatiga duch kelganlar ulushi 8,1%ni tashkil etdi.

Soʻrovda qatnashganlarning katta qismi banklarda ishga qabul qilish jarayonlarini ochiq va shaffof deb baholagan boʻlsa-da, 8,6% bu tizimdan qoniqmaganini maʼlum qildi. 

Mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati ham toʻliq ijobiy baholanmadi: 11,4% fuqarolar xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalari buzilgan holatlarga guvoh boʻlganini qayd etdi.

Korrupsiya kelib chiqishining asosiy sabablari sifatida uch omil ajralib turadi. 

Birinchidan, bank xodimlari ish haqining pastligi (53,5%) ularni korrupsiyaga moil qiladi. Ikkinchidan, aholining moliyaviy savodxonligi yetarli emasligi (30,9%) korrupsion vaziyatlarga zamin yaratadi. Uchinchidan, xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazoratning yoʻqligi (16,9%) tizimdagi zaifliklardan biri sifatida koʻrsatildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+