Kelgusi 3 yilda dollar kursi qanchaga chiqadi?
S&P Global reyting agentligi kelgusi yillardagi Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) qiymati, kishi boshiga YaIM miqdori va soʻmning dollarga nisbatan almashinuv kursi boʻyicha oʻz prognozini eʼlon qildi.

S&P Global Ratings xalqaro agentligi Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi boʻyicha prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga koʻtardi.
Shu bilan birga, mamlakatning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq va qisqa muddatli suveren kredit reytinglari ʼBB-/Bʼ darajasida saqlab qolindi.
Reyting agentligi 2025–2028 yillarda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) oʻsish surʼati oʻrtacha 5,6% atrofida boʻlishini taxmin qilmoqda. Bu prognoz asosan ichki isteʼmolning ortishi, investitsiyalarning koʻpayishi hamda eksport hajmining oshishi bilan izohlanadi.
Tashkilot, shuningdek, Oʻzbekistonning YaIM hajmi va dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan kursini ham pro qilgan.
Yil | YaIM (mlrd $) | Aholi boshiga YaIM (ming $) | Dollar kursi (MB/$) |
2022 | 90 | 2,5 | 11,225 |
2023 | 103 | 2,8 | 12,338 |
2024 | 115 | 3,1 | 12,920 |
2025 | 128 | 3,3 | 13,566 |
2026 | 142 | 3,6 | 14,244 |
2027 | 156 | 3,9 | 14,957 |
2028 | 173 | 4,2 | 15,704 |
Prognozga koʻra, Oʻzbekiston YaIM hajmi:
2025 yilda — $128 mlrd
2026 yilda — $142 mlrd
2027 yilda — $156 mlrd
2028 yilda — $173 mlrd
Aholi boshiga YaIM:
2025 yilda — $3,3 ming
2026 yilda — $3,6 ming
2027 yilda — $3,9 ming
2028 yilda — $4,2 ming
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:
2025 yilda — 13,566 soʻm
2026 yilda — 14,244 soʻm
2027 yilda — 14,957 soʻm
2028 yilda — 15,704 soʻm