Kapitalbank sof foydasi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 15 foizga kamaydi
Bank joriy yilning dastlabki olti oyini 602,4 milliard soʻm miqdoridagi sof foyda bilan yakunlagan. Raqamlar yirik koʻrinishiga qaramay, bu koʻrsatkich Kapitalbank uchun oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga kamroqdir.

Kapitalbank 2025 yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bank joriy yilning dastlabki olti oyini 602,4 mlrd soʻm miqdoridagi sof foyda bilan yakunlagan.
Raqamlar yirik koʻrinishiga qaramay, bu koʻrsatkich Kapitalbank uchun oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga kam. 2024 yilning ilk olti oyida bank 712,3 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan edi.
Choraklik kesimda qaralganda, Kapitalbank:
- Yanvar–mart oylarida – 276,4 mlrd soʻm,
- Aprel–iyun oylarida esa – 326 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan.
Kapitalbankning jami aktivlari hisobot davri boshiga nisbatan 3 trln soʻmdan koʻproqqa ortib, 50,9 trln soʻmni tashkil qilmoqda.
Umumiy olti oy davomida bankning foizli daromadlari 3,6 trln soʻmni tashkil qilgan.
Foizsiz daromadlar esa shu davrda 2,4 trln soʻmni tashkil qilgan. Shu bilan birga, bank 124,8 mlrd soʻm daromad soligʻi toʻlagan.
Barcha operatsion xarajatlar chegirib tashlangach, kompaniya yarim yillikni 602,4 mlrd soʻmlik sof foyda bilan yakunlagan.