12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

14 178.500 so‘m

decrease

-55.380

153.920 so‘m

decrease

-0.920

12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

03-oktabr, 12:48
Iqtisodiyot

Kambagʻal oilalarga noutbuk va uskunalar sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi

Hukumat qorori bilan kambagʻal oilalarning taʼlim va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” orqali imtiyozli kreditlar olish tartibi belgilandi.

Kambagʻal oilalarga noutbuk va uskunalar sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Hukumat qarori bilan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan kambagʻal oilalarga quyidagi maqsadlarda kreditlar beriladi:

  • noutbuk sotib olish;
  • tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari xarid qilish;
  • koʻchma doʻkon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni olish.

Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan foiz stavkasida, ustama haq toʻlash sharti bilan quyidagicha taqdim etiladi:

15 mln soʻmgacha boʻlgan noutbuk xaridi uchun — 5 yilgacha muddatga, shuningdek 2 yillik imtiyozli davr bilan;

tadbirkorlikni boshlash uchun 30 mln soʻmgacha qiymatdagi asosiy vositalar xaridi uchun — 5 yilgacha muddatga, boʻlib toʻlash shartida.

Maʼlumot uchun, bunday kreditlar ajratish tartibi yuzasidan prezident farmoni aynan bir yil oldin qabul qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+