11 987.890 so‘m

decrease

-2.650

13 114.750 so‘m

decrease

-22.090

145.410 so‘m

decrease

-0.830

11 987.890 so‘m

decrease

-2.650

Yaqin 36 daqiqa ichida
Bank
67

JPMorgan Oʻzbekiston davlat obligatsiyalari bozoriga kirmoqchi

Aktivlari 5,1 trln dollarni tashkil etuvchi AQSh moliyaviy giganti Oʻzbekistonning ichki davlat obligatsiyalari bozorida ishtirok etish imkoniyatini oʻrganmoqda. 

JPMorgan ushbu bozorga qiziqish bildirayotgan yagona xorijiy bank emas. 

Avstriyaning Raiffeisen Bank International banki davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha ilk bitimini amalga oshirgan boʻlsa, Bank of Georgia, Bank of New York Mellon va Yevroosiyo taraqqiyot banki ham bozorda ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda.

JPMorgan Oʻzbekiston davlat obligatsiyalari bozoriga kirmoqchi

Amerikaning JPMorgan investitsiya banki Oʻzbekiston davlat qimmatli qogʻozlarining birlamchi va ikkilamchi bozorlarida ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi (OʻzRVB) xabar berdi.

23 noyabr kuni birjada JPMorgan vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy bank, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, OʻzRVB va “Oʻzmilliybank” vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralarda JPMorgan’ning birlamchi diler maqomiga ega “Oʻzmilliybank” bilan hamkorlikda davlat obligatsiyalarini sotib olish va sotish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni amalga oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar, obligatsiyalardan olinadigan foiz daromadlarini toʻlash hamda ularning muomala muddati tugagach, mablagʻlarni oʻtkazish mexanizmlarini koʻrib chiqdi.

Shuningdek, JPMorgan vakillariga Oʻzbekiston davlat qimmatli qogʻozlari bozorida xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablari tushuntirildi.

Hozircha JPMorgan’ning bozorga kirish muddati va amalga oshirishi mumkin boʻlgan investitsiyalar hajmi ochiqlanmagan.

Xorijiy banklarning Oʻzbekiston obligatsiyalariga qiziqishi ortmoqda

JPMorgan Oʻzbekistonning ichki davlat qimmatli qogʻozlari bozoriga qiziqish bildirayotgan yagona xalqaro moliyaviy institut emas.

Joriy yilning 8 sentabr kuni Avstriyaning Raiffeisen Bank International banki Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha ilk bitimini amalga oshirgan edi.

Bank 2025 yil dekabrida kapital bozoridagi maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Keyinchalik Markaziy bankda milliy va xorijiy valyutadagi vakillik hisobvaraqlari ochilgan. 2026 yil iyunida esa Kapitalbank uning davlat qimmatli qogʻozlari bozoridagi agenti sifatida tanlangan.

17 noyabr kuni OʻzRVB Gruziyaning Bank of Georgia va AQShning Bank of New York Mellon (BNY) vakillari bilan ham davlat qimmatli qogʻozlari bozorida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qilgan.

Bundan tashqari, 25 noyabr kuni Yevroosiyo taraqqiyot bankining OʻzRVB aʼzoligiga qabul qilinishi hamda davlat obligatsiyalarining birlamchi va ikkilamchi bozorlarida ishtirok etishi muhokama qilindi.

Xalqaro moliyaviy institutlarning ichki davlat obligatsiyalari bozoriga kirishi investorlar doirasining kengayishi, ikkilamchi bozorda likvidlikning oshishi hamda davlatning milliy valyutada qarz jalb qilish imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilishi mumkin.

Maʼlumot uchun: JPMorgan Chase dunyodagi eng yirik moliyaviy guruhlardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotiga koʻra, 2026 yil 30 sentabr holatiga uning aktivlari 5,1 trln dollarni, aksiyadorlik kapitali esa 372 mlrd dollarni tashkil etgan. Guruh uchinchi chorakda 15,3 mlrd dollar sof foyda olgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+