11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

13 670.380 so‘m

decrease

-94.570

152.530 so‘m

decrease

-0.710

11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

3 soat avval
Bank
75

Ipoteka-bank yarim yilda qariyb 1,4 trln soʻm sof foyda oldi

Bank bir yil avvalgi 392,5 mlrd soʻmlik zarardan chiqib, moliyaviy natijasini qariyb 1,8 trln soʻmga yaxshiladi. Ipoteka-bankning yuqori foydasi aktivlar yoki kredit portfelining kengayishi hisobiga emas, daromadlilikning tiklanishi fonida qayd etilgan.

Ipoteka-bank yarim yilda qariyb 1,4 trln soʻm sof foyda oldi

Ipoteka-bank 2026 yilning birinchi yarim yilligini 1 trln 388,7 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bankning soliqlar toʻlangunga qadar foydasi 1 trln 575,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida bank 392,5 mlrd soʻm sof zarar qayd etgan edi. Shunday qilib, bir yil ichida Ipoteka-bankning moliyaviy natijasi 1 trln 781,2 mlrd soʻmga yaxshilangan.

Yarim yillikda bankning foizli daromadlari 6,23 trln soʻmni, foizli xarajatlari 4,11 trln soʻmni tashkil etdi. Kredit va lizing boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar uchun 969,5 mlrd soʻm zaxira ajratilgach, sof foizli daromad 1,16 trln soʻm boʻlgan.

Shu bilan birga, bank 2,13 trln soʻm foizsiz daromad olgan. Shundan 494,3 mlrd soʻmi komissiyalar, qariyb 560 mlrd soʻmi valyuta operatsiyalari va 1,07 trln soʻmi boshqa daromadlar hissasiga toʻgʻri keladi.

1 iyul holatiga Ipoteka-bank aktivlari 56,34 trln soʻm, kredit va lizing portfeli 35,05 trln soʻm, xususiy kapitali esa 8,58 trln soʻmni tashkil etmoqda.

Hozircha Oʻzmilliybank yarim yillik moliyaviy natijalarini eʼlon qilmagan. Biroq mavjud hisobotlar asosida Ipoteka-bank 2026 yilning dastlabki olti oyida eng koʻp sof foyda olgan bank boʻlishi ehtimoli yuqori. 

Bank birinchi chorakda ham 846,4 mlrd soʻm foyda bilan Oʻzbekiston banklari orasida birinchi oʻrinni egallagan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+