11 833.370 so‘m

increase

35.910

13 577.610 so‘m

decrease

-30.760

139.790 so‘m

increase

0.020

11 833.370 so‘m

increase

35.910

Yaqin 35 daqiqa ichida
Bank
48

Ipoteka-bank boshqaruvini ikki nafar rais oʻrinbosari tark etmoqda

Ipoteka-bank OTP Group boshqaruvida bir vaqtning oʻzida ikki top-menejer Irakli Elashvili va Maksim Bikov oʻz lavozimini tark etmoqda. 

Ular bankning korporativ biznes va operatsion yoʻnalishlariga rahbarlik qilib kelgan. 

Endi Bikovning vazifalari Dmitriy Volchekka oʻtkaziladi, Elashvili oʻrniga esa yangi rahbar tanlov asosida izlanadi. 

Ipoteka-bank boshqaruvini ikki nafar rais oʻrinbosari tark etmoqda

Ipoteka-bank OTP Group boshqaruvi tarkibida oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bank boshqaruvi raisining oʻrinbosarlari Irakli Elashvili va Maksim Bikov oʻz lavozimlarini tark etadi.

Irakli Elashvili 2025 yildan buyon boshqaruv raisining oʻrinbosari hamda Korporativ bank xizmatlari va bozor instrumentlari bloki rahbari sifatida ishlab kelgan. U korporativ biznesni rivojlantirish, shuningdek, yirik mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlar uchun masʼul boʻlgan.

Irakli Elashvili
Irakli Elashvili

Bank korporativ bank xizmatlari yoʻnalishiga masʼul yangi boshqaruv raisi oʻrinbosarini tanlash uchun yaqin vaqt ichida tanlov eʼlon qilishini bildirdi. Hozircha ushbu lavozimga kim tayinlanishi maʼlum emas.

Maksim Bikov

Maksim Bikov esa 2025 yil aprelidan buyon boshqaruv raisining oʻrinbosari va Operatsion blok rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Uning vakolatlariga bankning operatsion faoliyati va ichki jarayonlar samaradorligini boshqarish kirgan.

Bikovning vazifalari boshqaruv raisining boshqa oʻrinbosari Dmitriy Volchekka topshirildi.

Ipoteka-bank Elashvili va Bikovning bankni tark etish sabablarini ochiqlamagan. Bank ularning faoliyati davomida korporativ va operatsion yoʻnalishlarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasini qayd etgan.

Ipoteka-bank 2023 yildan buyon Vengriyaning OTP Group tarkibiga kiradi. OTP Bank Oʻzbekiston hukumati bilan tuzilgan bitim asosida bankning nazorat paketini sotib olgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+