12 019.270 so‘m

increase

32.970

13 984.420 so‘m

increase

46.750

165.650 so‘m

increase

2.040

12 019.270 so‘m

increase

32.970

9 soat avval
Bank
57

Ipoteka-bank Boshqaruv raisi Sandro Rtveladze 1 iyuldan lavozimini tark etadi

Sandro Rtveladze 1 iyuldan Ipoteka-bank Boshqaruv raisi lavozimini tark etadi. U 2024 yil sentabridan beri mazkur lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Ipoteka-bank Boshqaruv raisi Sandro Rtveladze 1 iyuldan lavozimini tark etadi

Sandro Rtveladze Ipoteka-bank OTP Group boshqaruv raisi lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda. Bank xabariga koʻra, u 2026 yil 1 iyuldan boshlab ushbu lavozimdan ketadi.

Rtveladze bankka OTP Group kirib kelganidan keyingi oʻtish davrida rahbarlik qildi. Ipoteka-bankning OTP Group tomonidan sotib olinishi Oʻzbekistonda davlat bankining ilk xususiylashtirilishi boʻlib, yirik Yevropa bank guruhining mamlakat moliya bozoriga kirishiga yoʻl ochgan.

Bank maʼlumotida qayd etilishicha, uning rahbarligi davrida Ipoteka-bankda biznes jarayonlar qayta tashkil etilgan, kapital bazasi mustahkamlangan, aktivlar sifati yaxshilangan va rentabellik tiklangan. Shuningdek, bank risklarni boshqarish, samaradorlik va daromadlilik boʻyicha OTP Group standartlariga moslashtirilgan.

Sandro Rtveladze bank sektorida xalqaro tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. Rtveladze 2020 yilda TBC Bank Uzbekistan’da Boshqaruv raisi sifatida ishlagan. U rahbarlik qilgan davrda TBC UZ Oʻzbekistonda bank litsenziyasini olgan.

Keyinchalik u OTP Bank’ning Rossiyadagi shoʻʼba bankida bosh direktor oʻrinbosari boʻlgan. Shuningdek, texnologiya, transformatsiya va strategiya boʻyicha CEO maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

2023 yil iyul oyida u Ipoteka-bank OTP Group’ga boshqaruv raisi oʻrinbosari, strategiya va moliya bloki rahbari sifatida qoʻshilgan. 2023 yil sentabridan esa bankning transformatsiya dasturi uchun masʼul boʻlgan.

2024 yil sentabrida Sandro Rtveladze Ipoteka-bank OTP Group boshqaruv raisi etib tayinlangan.

Ipoteka-bank OTP Group kuzatuv kengashi raisi va OTP Group bosh direktorining oʻrinbosari Laslo Volf Rtveladzening ikki yil ichida bankda keng qamrovli transformatsiyani amalga oshirgani, bank faoliyatini OTP Group standartlariga moslashtirgani va kelgusi rivojlanish uchun boshqaruv jamoasini shakllantirganini qayd etdi.

Rtveladzening oʻzi esa bankdagi faoliyatini yakunlar ekan, OTP Group rahbariyati va Ipoteka-bank jamoasiga minnatdorchilik bildirgan. Uning aytishicha, shu vaqt davomida erishilgan natijalar jamoaviy mehnat mahsuli boʻlgan:

“OTP Group rahbariyatiga ushbu muhim davrda bankka rahbarlik qilish imkoniyati va bildirgan ishonchi uchun, shuningdek, Ipoteka-bank OTP Group’dagi jamoamga ulkan mehnati uchun minnatdorchilik bildiraman. Shu vaqt mobaynida erishilgan barcha yutuqlar jamoaviy mehnatimiz samarasidir va aynan mana shu jamoa bank rivojlanishini davom ettiradi”, — deydi Rtveladze.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+