“Ipoteka bank” 2025 yilning birinchi yarim yilligida qariyb 400 mlrd soʻm zarar koʻrdi
Sof foyda koʻrsatkichi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 304,5 foizga kamaygan.

“Ipoteka bank” 2025 yilning birinchi choragiga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bank ushbu davrni 392,5 mlrd soʻm sof zarar bilan yakunlagan. Bu oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan jiddiy pasayishni koʻrsatmoqda — sof foyda koʻrsatkichi 304,5 foizga kamaygan.
Maʼlumot uchun, “Ipoteka bank” 2023 yilda Vengriyaning OTP Group bankiga xususiylashtirilgan edi. Shundan soʻng, bankning moliyaviy koʻrsatkichlarida salbiy dinamikalar qayd etila boshlandi.
Solishtirish uchun, 2024 yilning birinchi yarim yilligida bank 191,8 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan edi. Bu koʻrsatkich, 2023 yilgi natijalarga nisbatan 71,8 foizga past boʻlgan.
Bankning foizli daromadlari 7,2% ga oʻsib, 5,5 trln soʻmni tashkil etdi. Foizsiz daromadlar 38,5% ga oshib, 2,1 trln soʻmga yetdi.
Bankning asosiy faoliyatidan tushgan daromadlari:
- Foizli daromadlar 7,2% ga oshib, 5,5 trln soʻmga yetdi.
- Foizsiz daromadlar esa 38,5% ga oʻsib, 2,1 trln soʻmni tashkil etdi.
Avvalroq, Pinkod Kapitalbank sof foydasi birinchi yarim yillikda 15 foizga pasaygani haqida yozgan edi.