12 653.320 so‘m

decrease

-58.770

14 822.100 so‘m

decrease

-105.710

161.890 so‘m

decrease

-0.750

12 653.320 so‘m

decrease

-58.770

2 kun avval
Bozor

Ikkilamchi bozorda benzinli avtomobillar narxi oshmoqda

Iyun oyida ikkilamchi avtomobil bozorida benzin bilan harakatlanuvchi mashinalar narxi oʻsishni boshlagan. Jumladan, Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark kabi mahalliy ommabop modellar oʻrtacha 100–300 dollar atrofida qimmatlashgan.

Ayni paytda, elektromobillar segmentida esa narxlar pasayish tendensiyasini koʻrsatmoqda.

Ikkilamchi bozorda benzinli avtomobillar narxi oshmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2025 yil iyun oyida ikkilamchi avtomobil bozori holati oʻrganildi.

Tahlil natijalariga koʻra, yonilgʻida harakatlanuvchi avtomobillar narxi koʻtarilayotgani, elektromobillar narxi esa pasayib borayotgani kuzatilmoqda.

Mahalliy ommabop avtomobillar 

Iyunning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, may oyidagi pasayishdan soʻng mahalliy ommabop avtomobillar segmentida narxlar yana oʻsishni boshladi. Aksariyat modellar, xususan Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxlarida bir necha yuz dollarlik oʻsish kuzatildi:

Onix

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $120 ga oshdi ($13 480 → $13 600)

Lacetti

  • Kam foydalanilgani — $200 ga oshdi ($14 600 → $14 800)
  • Koʻp foydalanilgani — $100 ga oshdi ($12 900 → $13 000)

Cobalt

  • Kam foydalanilgani — $150 ga oshdi ($12 550 → $12 700)
  • Oʻrtacha foydalanilgani — $125 ga oshdi ($12 000 → $12 125)
  • Koʻp foydalanilgani — $100 ga oshdi ($11 500 → $11 600)

Nexia

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $300 ga oshdi ($10 900 → $11 200)
  • Koʻp foydalanilgani — $115 ga oshdi ($10 000 → $10 115)

Spark

  • Koʻp foydalanilgani — $200 ga oshdi ($8 800 → $9 000)
  • Oʻrtacha foydalanilgani — $194 ga oshdi ($10 000 → $10 194)

Damas

  • Kam foydalanilgani — $50 ga oshdi ($8 000 → $8 050)

 

Mahalliy lyuks avtomobillar

Mahalliy ishlab chiqarilgan, lekin lyuks toifasiga mansub boʻlgan avtomobillar segmentida qarama-qarshi tendensiyalar kuzatildi. Ayrim modellar arzonlashgan boʻlsa, boshqalari qimmatlashgan:

Equinox

  • Kam foydalanilgani — $1 300 ga oshdi ($33 500 → $34 800)
  • Oʻrtacha foydalanilgani — $50 ga arzonlashdi ($30 500 → $30 450)
  • Koʻp foydalanilgani — $200 ga arzonlashdi ($26 200 → $26 000)

Malibu

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $500 ga arzonlashdi ($28 500 → $28 000)

Tracker

  • Kam foydalanilgani — $75 ga oshdi ($18 425 → $18 500)
  • Oʻrtacha foydalanilgani — $300 ga oshdi ($17 000 → $17 300)
  • Koʻp foydalanilgani — $200 ga oshdi ($16 000 → $16 200)

Elektromobillar 

Elektromobillar segmenti uchun iyun oyida arzonlashish asosiy yoʻnalish boʻldi. Narxlar pasaygani barcha modellarda deyarli sezildi:

BYD Han

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $1 600 ga arzonlashdi ($34 100 → $32 500)

BYD Song Plus EV Champion

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $363 ga arzonlashdi ($26 163 → $25 800)
  • Yangisi — $300 ga arzonlashdi ($28 800 → $28 500)

BYD Song Plus EV Champion (boshqa model)

  • Yangisi — $675 ga arzonlashdi ($28 000 → $27 325)
  • Oʻrtacha foydalanilgani — $500 ga arzonlashdi ($26 000 → $25 500)

BYD Yuan Up

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $150 ga arzonlashdi ($20 150 → $20 000)

BYD E2

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $400 ga oshdi ($15 600 → $16 000)
  • Yangisi — $50 ga oshdi ($16 950 → $17 000)

Xorijiy avtomobillar

Kia va Chevrolet modellari boʻyicha narxlar quyidagicha oʻzgardi:

Kia K5

  • Koʻp foydalanilgani — $777 ga oshdi ($29 223 → $30 000)

Chevrolet Monza

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $73 ga oshdi ($16 600 → $16 673)

Kia Seltos

  • Oʻrtacha foydalanilgani — $677 ga arzonlashdi ($24 383 → $23 705)

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+