12 704.020 so‘m

increase

100.500

14 871.330 so‘m

increase

194.530

162.430 so‘m

increase

1.490

12 704.020 so‘m

increase

100.500

11 soat avval
Iqtisodiyot

Ikki kun ichida dollar kursi qariyb 160 soʻmga koʻtarildi

AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 58,51 soʻmga koʻtarilib, 12 762,53 soʻmni tashkil etdi. Shunday qilib, dollar kursi soʻnggi ikki kun ichida 159 soʻmga oshdi. 

Ikki kun ichida dollar kursi qariyb 160 soʻmga koʻtarildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 24 iyuldan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 58,51 soʻmga koʻtarilib, 12 762,53 soʻmni tashkil etdi. Shunday qilib, dollar kursi soʻnggi ikki kun ichida 159 soʻmga oshdi. 
 

Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:

  • AQSh dollari — 12 762,53 soʻm (+58,51 soʻm)
  • Yevro — 14 978,11 soʻm (+106,78 soʻm)
  • Rossiya rubli — 162,66 soʻm (+0,23 soʻm)
  • Funt sterling — 17 288,12 soʻm (+144,05 soʻm)

2025 yilning yanvar-iyun oylarida oʻzbek soʻmi AQSh dollariga nisbatan barqaror mustahkamlanishda davom etdi. Iyun oyida milliy valyuta 114,13 soʻmga yoki qariyb 1 foizga qimmatlab, 12 654,13 soʻmni tashkil etdi.

Oy davomida dollar kursida keskin pasayish kuzatildi. Jumladan, 24 iyun kuni AQSh dollari soʻnggi 17 oy ichidagi eng past qiymat — 12 410,99 soʻmgacha tushdi. Soʻnggi marotaba bunday past kurs 2024 yilning yanvarida qayd etilgan edi. Biroq bu pasayish vaqtinchalik boʻlib chiqdi. 30 iyundan boshlab dollar kursi 67,72 soʻmga koʻtarilib, 12 654,13 soʻmni tashkil etdi. Natijada, oy yakunidagi soʻnggi toʻrt kun ichida dollar kursi 240 soʻmdan ortiqqa oshdi.

Taqqoslash uchun, 2024 yil davomida oʻzbek soʻmi nisbiy hisobda 4,7 foizga (mutlaq hisobda — 581,78 soʻmga) qadrsizlangan edi. 2025 yilning birinchi yarmida esa aksincha — soʻm 2 foizdan koʻproqqa yoki 262 soʻmga mustahkamlandi.


Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi

Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:

  • 2025 yilda — 13,566 soʻm
  • 2026 yilda — 14,244 soʻm
  • 2027 yilda — 14,957 soʻm
  • 2028 yilda — 15,704 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+