11 970.680 so‘m

increase

36.040

13 902.750 so‘m

increase

6.060

163.180 so‘m

decrease

-0.960

11 970.680 so‘m

increase

36.040

38 daqiqa avval
Bank
19

I chorakda mikromoliya xizmatlari hajmi 35,8 trln soʻmga yetdi

Bozorning asosiy qismi hanuz banklar hissasiga toʻgʻri kelmoqda, biroq ularning ulushi bir yil ichida 79,7 foizdan 66 foizgacha qisqargan. Shu davrda mikromoliya tashkilotlari ulushi esa 18,3 foizdan 31,2 foizgacha oshgan.

I chorakda mikromoliya xizmatlari hajmi 35,8 trln soʻmga yetdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bankning 2026 yil I choragi boʻyicha mikromoliya xizmatlari bozori sharhiga koʻra, ushbu segmentda bozor tarkibi sezilarli oʻzgargan.

Banklar hanuz asosiy ishtirokchi boʻlib qolmoqda, biroq ularning ulushi 2025 yil I choragidagi 79,7 foizdan 66 foizga tushgan. Mikromoliya tashkilotlari ulushi esa 18,3 foizdan 31,2 foizga oshgan. Lombardlar ulushi ham biroz koʻpayib, 2,8 foizni tashkil etgan.

Banklar tomonidan koʻrsatilgan mikromoliya xizmatlari hajmi 2026 yil I choragida 23,6 trln soʻm atrofida shakllandi. Shundan 9,8 trln soʻmi davlat ulushi mavjud banklar, 13,8 trln soʻmi esa xususiy banklar hissasiga toʻgʻri kelgan. Davlat ulushi mavjud banklarda mikromoliya xizmatlari hajmi bir yil ichida 3 trln soʻmga yoki 44 foizga oshgan, xususiy banklarda esa 3,8 trln soʻmga yoki 21 foizga kamaygan.

Davlat ulushi mavjud banklar orasida eng yuqori koʻrsatkich Agrobankda qayd etilgan — bank I chorakda 3,7 trln soʻmlik mikromoliya xizmatlari koʻrsatgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 barobar koʻp. Keyingi oʻrinlarda Oʻzmilliybank — 1,4 trln soʻm va Xalq banki — 1,2 trln soʻm bilan qayd etilgan.

Xususiy banklar orasida esa yetakchilik Ipoteka-bank hissasiga toʻgʻri kelgan. Bank tomonidan I chorakda 2,1 trln soʻmlik mikromoliya xizmatlari koʻrsatilgan. Shuningdek, Hamkorbankda bu koʻrsatkich 1,9 trln soʻm, Anorbankda esa 1,7 trln soʻmni tashkil qilgan. Shu bilan birga, Anorbankda hajm oʻtgan yilga nisbatan 12 foizga kamaygan.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 11,2 trln soʻmga yetgan. Ushbu hajmning katta qismi bir nechta tashkilot hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Xususan, TezCoin I chorakda 6,4 trln soʻmlik xizmat koʻrsatib, mikromoliya tashkilotlari segmentidagi ulushini 57 foizga yetkazgan. Shaffof-moliya ulushi 10 foiz, Fortuna biznes ulushi esa 3 foiz boʻlgan. Qolgan 130 ta mikromoliya tashkiloti jami 3,3 trln soʻmlik xizmat koʻrsatgan.

Lombardlar tomonidan koʻrsatilgan mikroqarzlar hajmi 1 trln soʻmni tashkil qilgan. Bu segmentda eng yuqori koʻrsatkich “Oltin” lombardida qayd etilgan — 140 mlrd soʻm. Keyingi oʻrinlarda “Hashamatli chinor” — 55 mlrd soʻm va Maximum — 30 mlrd soʻm bilan joylashgan.

Mahsulotlar kesimida mikromoliya xizmatlarining asosiy qismini mikroqarzlar tashkil qilmoqda. I chorak yakunlariga koʻra, mikroqarzlar hajmi 26,6 trln soʻm boʻlib, jami mikromoliya xizmatlarining 74 foiziga teng boʻlgan. Mikrokreditlar hajmi esa 9,2 trln soʻm yoki 26 foizni tashkil qilgan. Mikroqarzlar hajmi oʻtgan yilga nisbatan 0,7 trln soʻmga kamaygan, mikrokreditlar esa 5,9 trln soʻmga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Hududlar kesimida mikromoliya xizmatlarining katta qismi Toshkent shahriga toʻgʻri kelmoqda. I chorakda poytaxt hissasiga 20,6 trln soʻm, yaʼni jami xizmatlarning 58 foizi toʻgʻri kelgan. Eng yuqori oʻsish esa Andijon viloyatida kuzatilgan — +631 mlrd soʻm yoki +90 foiz. Shuningdek, Samarqand viloyatida mikromoliya xizmatlari 541 mlrd soʻmga yoki 66 foizga, Toshkent viloyatida esa 463 mlrd soʻmga yoki 46 foizga oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+