11 909.660 so‘m

decrease

-24.580

13 588.920 so‘m

decrease

-2.990

152.280 so‘m

decrease

-0.700

11 909.660 so‘m

decrease

-24.580

1 soat avval
Bank
54

HUMO’ga yaqinda tayinlangan Aleksandr Sotnikov lavozimidan ketdi

Aleksandr Sotnikov HUMO boshqaruviga tayinlanganidan 44 kun oʻtib kompaniyadagi lavozimini tark etdi. Uning ketish sababi ochiqlanmagan.

HUMO’ga yaqinda tayinlangan Aleksandr Sotnikov lavozimidan ketdi

HUMO toʻlov tizimi operatori — “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Sotnikovning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.

Tegishli qaror kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan 1 iyul kuni qabul qilingan. Ochiqlangan hujjatda Sotnikovning lavozimdan ketishiga nima sabab boʻlgani koʻrsatilmagan.

Aleksandr Sotnikov HUMO boshqaruviga joriy yilning 18 may kuni tayinlangan edi. Oʻshanda u kompaniya boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimini egallagandi. Shunday qilib, Sotnikov HUMOʻda qariyb bir yarim oy faoliyat yuritgan.

Ayni qaror bilan Rustam Karimov kompaniya ijro organi tarkibiga kiritildi. U HUMO’da biznes blokning boshqaruvchi direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

Sotnikov HUMO’ga kelishidan avval Belarusdagi Bank protsessing markazini boshqargan. Bundan tashqari, u BELKART toʻlov tizimi, Belarus Milliy banki va “Belagroprombank”da rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Avvalroq Pinkod belorussiyalik bankirlar Oʻzbekiston bank va fintex tizimida rahbarlik lavozimlarni egallayotganiga eʼtibor qaratgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+