12 236.130 so‘m

increase

23.340

14 439.860 so‘m

increase

28.770

159.100 so‘m

decrease

-0.420

12 236.130 so‘m

increase

23.340

2 soat avval
Iqtisodiyot
40

Garvard va Stenford universitetlari bilan hamkorlikda yoshlar biznesga oʻqitiladi

Dastur doirasida 40 ming nafar yosh biznes asoslariga oʻqitiladi, eng yaxshi 1 ming loyiha uchun esa uch yil muddatga 200 mln soʻmgacha 7 foizlik imtiyozli ssuda ajratiladi. Shuningdek, har yili 100 ta istiqbolli loyiha brend darajasiga olib chiqilishi uchun 1 mlrd soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Garvard va Stenford universitetlari bilan hamkorlikda yoshlar biznesga oʻqitiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtayotgani xabar qilingan edi.

Unda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va xalqaro tajribani joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanishicha, Garvard, Stenford, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar ilgʻor tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitishda hamkorlik qilishga tayyor..

Yoshlar ishlari agentligiga ushbu xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 40 ming nafar yoshni biznes yuritish asoslariga oʻqitishni nazarda tutuvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Dastur doirasida eng yaxshi natija koʻrsatgan 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga, 200 million soʻmgacha 7 foizlik imtiyozli ssuda ajratiladi.

Shuningdek, har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi oʻtkazilib, eng istiqbolli 100 ta loyiha brend darajasiga olib chiqiladi. Buning uchun “Yoshlar venchurs” jamgʻarmasi hisobidan 1 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Banklarga bittadan konsalting kompaniya tashkil etish vazifasi yuklatildi. Joriy yilda 50 ming nafar yosh tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishda koʻmaklashish hamda tegishli xarajatlarni qoplab berish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yirik savdo tarmoqlari vakillari va malakali mutaxassislar jalb etilib, kamida 20 ming nafar yosh tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitiladi.

Shu bilan birga, 1 martdan boshlab yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarning infratuzilmaga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+