12 097.330 so‘m

decrease

-31.130

14 233.720 so‘m

decrease

-70.590

160.530 so‘m

increase

1.490

12 097.330 so‘m

decrease

-31.130

9 soat avval
Bozor
44

Fond birjasida “Oʻzbektelekom” aksiyalari bilan savdolar qayta tiklandi

Ustav kapitalini oshirish jarayoni sabab ikki oyga toʻxtatilgan “Oʻzbektelekom” aksiyalari bilan savdolar yana tiklandi. Kapitalizatsiyadan keyin oddiy aksiyalar narxi 2 400 soʻm, imtiyozli aksiyalar esa 2 003,33 soʻm etib belgilandi.

Fond birjasida “Oʻzbektelekom” aksiyalari bilan savdolar qayta tiklandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Fond birjasida “Oʻzbektelekom” aksiyalari bilan savdolar qayta tiklandi. Bu haqda “Toshkent” Respublika fond birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 25 fevraldan boshlab emitentning oddiy (UZTL) va imtiyozli (UZTLP) aksiyalari bilan savdolar ikki oy muddatga vaqtincha toʻxtatilgan edi. Bunga kompaniyaning ustav kapitalini oshirish jarayoni sabab boʻlgan.

Kompaniya qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali ustav fondini 326,2 mlrd soʻmdan 978,5 mlrd soʻmga yetkazish rejasini eʼlon qilgan.

Qayd etilishicha, 20 aprel kuni kapitalizatsiya jarayonlari yakunlanganidan soʻng savdolarni qayta tiklash vaqtida texnik nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli savdolar 2026 yil 25 fevraldagi yopilish narxlari asosida tiklangan.

Bozor ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish maqsadida aksiyalar bilan savdolar 2026 yil 21 apreldan boshlab qayta yoʻlga qoʻyildi.

Kapitalizatsiyadan keyin qimmatli qogʻozlar boʻyicha bozor narxlari oddiy aksiyalar uchun 2 400 soʻmni, imtiyozli aksiyalar uchun esa 2 003,33 soʻmni tashkil etishi koʻzda tutilgan.


Avvalroq Pinkod Toshkent teleminorasining 100 foiz ulushi Oʻzbektelekom balansiga oʻtgani haqida xabar bergan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+