11 818.070 so‘m

decrease

-35.480

13 788.140 so‘m

decrease

-81.700

141.690 so‘m

decrease

-0.170

11 818.070 so‘m

decrease

-35.480

Yaqin 2 soat ichida
Iqtisodiyot
38

Farmonda bor, tizimda yoʻq: YaTTlar firma nomini hali ham rasmiylashtira olmayapti

Prezident farmoni bilan YaTTlarga 2026 yil 1 yanvardan firma nomiga ega boʻlish huquqi berilgan. 

Ammo oradan qariyb sakkiz oy oʻtgan boʻlsa-da, bu mexanizm amalda toʻliq ishlamayapti. 

Pinkod oʻrgangan qonunchilik va tadbirkorlar murojaatlari firma nomini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi hali tizimga toʻliq joriy etilmaganini koʻrsatmoqda. 

Farmonda bor, tizimda yoʻq: YaTTlar firma nomini hali ham rasmiylashtira olmayapti

Prezidentning PF-214-son farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat berilgan edi.

Biroq Pinkod suhbatlashgan YaTTlar oradan qariyb sakkiz oy oʻtgan boʻlsa-da, firma nomini rasmiylashtira olmayotganini bildirdi. Ularga Adliya vazirligi tizimida hozircha bunday imkoniyat mavjud emasligi aytilgan.

Amaldagi qonunchilikni oʻrganish ham mexanizm toʻliq moslashtirilmaganini koʻrsatadi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydigan 66-son qarorida YaTTni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza shaklida firma nomini kiritish uchun alohida band yoʻq.

YaTT boʻyicha Yagona davlat reyestridan beriladigan koʻchirmada ham firma nomi alohida rekvizit sifatida nazarda tutilmagan. Yuridik shaxslar uchun esa firma nomi koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi qonunda firma nomi hali ham yuridik shaxs boʻlgan tijorat tashkilotining individual nomi sifatida belgilangan. Yaʼni YaTTlarga farmon bilan berilgan yangi huquq amaldagi qonun va roʻyxatdan oʻtkazish tartiblarida toʻliq aks etmagan.

PF-214 bilan Adliya vazirligiga farmondan kelib chiqadigan qonunchilik oʻzgarishlari boʻyicha ikki oy ichida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi ham yuklatilgan edi. Farmon ijrosini samarali tashkil qilish uchun masʼul va shaxsiy javobgar sifatida adliya vaziri belgilangan.

Pinkod masala yuzasidan Adliya vazirligiga OAV soʻrovi yubordi.

Soʻrovda YaTTlar firma nomini qayerda va qanday rasmiylashtirishi, bu imkoniyat amalda joriy etilgan-etilmagani, qonunchilikka qanday oʻzgartishlar taklif qilingani hamda tizim qachon toʻliq ishga tushirilishi soʻraldi.

Vazirlikdan javob kelishi bilan tahririyat uni eʼlon qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+