11 778.520 so‘m

decrease

-39.550

13 733.750 so‘m

decrease

-54.390

138.960 so‘m

decrease

-2.730

11 778.520 so‘m

decrease

-39.550

1 soat avval
Bank
46

Endilikda telefon raqami orqali boshqa bankdagi hisobvaraqqa pul oʻtkazish mumkin boʻladi

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar boshqa bankdagi hisobvaraqqa karta raqamini kiritmasdan, telefon raqami orqali pul oʻtkaza oladi. 

Oʻtkazmalar Markaziy bankning Tezkor toʻlovlar tizimi orqali 24/7 rejimida va real vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Yangi tartib 26-noyabrdan kuchga kiradi.

Endilikda telefon raqami orqali boshqa bankdagi hisobvaraqqa pul oʻtkazish mumkin boʻladi

Markaziy bank Tezkor toʻlovlar tizimi orqali jismoniy shaxslar oʻrtasida mobil telefon raqami asosida pul oʻtkazish qoidalarini tasdiqladi. Hujjat 24 avgust kuni Adliya vazirligida 3930-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va 26 noyabrdan kuchga kiradi.

Yangi tizimda pul qabul qiluvchining mobil telefon raqami uning bank hisobvaragʻiga bogʻlanadi. Shundan keyin unga mablagʻ yuborish uchun hisobvaraq yoki plastik karta rekvizitlarini bilish talab qilinmaydi. Buning uchun telefon raqamini kiritishning oʻzi kifoya boʻladi.

Bunda telefon raqami hisobvaraq egasining oʻz nomida rasmiylashtirilgan boʻlishi va bank mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtgan raqam bilan mos kelishi kerak. Bogʻlash Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali amalga oshiriladi. Har bir bogʻlangan hisobvaraq uchun alohida “bogʻlash kodi” ham shakllantiriladi.

Bir bank doirasida bitta telefon raqamini faqat bitta hisobvaraqqa bogʻlash mumkin. Biroq bir xil raqam turli banklardagi hisobvaraqlarga bogʻlangan boʻlishi mumkin.

Bunday vaziyatda Tezkor toʻlovlar tizimi joʻnatuvchiga pul oluvchining hisobvaraqlari mavjud banklar haqidagi maʼlumotlarni chiqaradi va joʻnatuvchi kerakli bankni tanlaydi.

Shundan keyin tizim tanlangan bankdagi hisobvaraq rekvizitlarini avtomatik shakllantiradi. Pul joʻnatishdan oldin foydalanuvchiga oʻtkazma summasi, oluvchining F.I.Sh., uning banki hamda operatsiya uchun olinadigan komissiya koʻrsatilishi shart. Oʻtkazma faqat foydalanuvchining yakuniy tasdigʻidan keyin amalga oshiriladi.

Telefon raqamini hisobvaraqdan istalgan vaqtda mobil ilova orqali yoki bankka murojaat qilib uzish mumkin. 

Bank ayrim holatlarda bogʻlanishni mijozning alohida topshirigʻisiz ham bekor qilishi mumkin. Masalan, telefon raqami boʻyicha mobil operator bilan shartnoma bekor qilinganda, mijoz ilovada boshqa raqamga oʻtganda yoki akkaunt oʻchirilishi bunga sabab boʻlishi mumkin. Bunday holatda bank mijozni keyingi ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi kerak.

Mobil ilovalar orqali oʻtkazmalar Tezkor toʻlovlar tizimida real vaqt rejimida va 24/7 amalga oshiriladi. Banklar operatsiyalar uchun shartnomada nazarda tutilgan komissiyani olishi mumkin, Markaziy bank esa moliyaviy xatarlarni kamaytirish maqsadida bunday oʻtkazmalarga limitlar belgilash huquqiga ega.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+