12 097.330 so‘m

decrease

-31.130

14 233.720 so‘m

decrease

-70.590

160.530 so‘m

increase

1.490

12 097.330 so‘m

decrease

-31.130

7 soat avval
Bank
67

Endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn qayta rasmiylashtirish mumkin

Endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn qayta rasmiylashtirish mumkin. Mazkur xizmat 22 apreldan boshlab telefon raqami foydalanuvchining oʻz nomida boʻlishi talabi joriy etilishi fonida joriy etilgan boʻlib, hozircha mamlakatdagi 6 ta mobil aloqa operatoridan 5 tasida ishga tushirilgan.

Endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn qayta rasmiylashtirish mumkin
Foto: AI/Pinkod.uz

Mobil aloqa foydalanuvchilari endilikda My.gov.uz portali orqali mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda qayta rasmiylashtirishi mumkin.

Avval ushbu jarayonni amalga oshirish uchun amaldagi raqam egasi va yangi egasi mobil aloqa operatori ofisiga shaxsan borishi, navbat kutishi hamda hujjatlarni imzolashi talab etilardi. Yangi xizmat orqali mazkur jarayon masofadan turib bajarilishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun My.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kirib, “Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish” xizmatini tanlash, kerakli maʼlumotlarni toʻldirib ariza yuborish talab etiladi. Ariza berish jarayonida mobil raqam egasi hamda uni qabul qiluvchi shaxs MyID orqali arizani tasdiqlashi zarur.

Mazkur xizmat mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda joriy etilmoqda. Xususan, quyidagi operatorlar ushbu imkoniyatni yoʻlga qoʻygan:

  • “Oʻzbektelekom” AK (Uztelecom)
  • “Unitell” MChJ XK (Beeline)
  • “RUBISON WIRELESS COMMUNICATION” MChJ (Perfectum)
  • “UMS” MChJ (Mobiuz)
  • “COSCOM” MChJ (Ucell)

Ushbu xizmat 22 apreldan boshlab kuchga kiradigan yangi tartiblar fonida joriy etilmoqda. Markaziy bank qaroriga koʻra, kredit va toʻlov tashkilotlarining mobil ilovalarida roʻyxatdan oʻtish hamda bank kartalarini ulashda foydalaniladigan telefon raqami foydalanuvchining oʻz nomida boʻlishi shart.

Agar mobil raqam shaxsning JShShIR maʼlumotlari bilan mos kelmasa, foydalanuvchini mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazish yoki bank kartasini ulash jarayoni rad etiladi. Biroq, telefon raqami quyidagi yaqin qarindoshlar nomida boʻlsa, bank ilovalaridan foydalanish mumkin:

  • ota-ona;

  • opa-singil;

  • turmush oʻrtogʻi;

  • farzand.

Yaʼni, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi holatlarda mazkur tartib muammo tugʻdirmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+