11 820.400 so‘m

decrease

-36.950

13 684.480 so‘m

decrease

-61.750

139.050 so‘m

decrease

-0.270

11 820.400 so‘m

decrease

-36.950

1 soat avval
Iqtisodiyot
114

Endi uylarni “rassrochka”ga olib boʻlmaydimi? Adliya vazirligi javob berdi

2027 yildan koʻchmas mulk muddatli toʻlov xizmati operatorlari orqali sotilishi mumkin boʻlmaydi. Biroq bu quruvchi kompaniyalarning oʻz uylarini xaridorlarga bevosita boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotishi taqiqlanadi, degani emas.

Endi uylarni “rassrochka”ga olib boʻlmaydimi? Adliya vazirligi javob berdi

Prezidentning 14 avgustdagi PQ–294-son qarori eʼlon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda 2027 yildan uy-joylarni “rassrochka”ga sotib olish taqiqlanishi haqida talqinlar paydo boʻldi.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali yangi cheklov barcha turdagi boʻlib-boʻlib toʻlash savdolariga taalluqli emasligini tushuntirdi.

Qarorga koʻra, 2027 yil 1 yanvardan muddatli toʻlov xizmati operatorlari faoliyati alohida tartibga solinadi.

Hujjatning 3-bandi “d” kichik bandida koʻchmas mulk operator koʻrsatadigan muddatli toʻlov xizmatining obʼekti boʻla olmasligi belgilangan. Yaʼni vositachi-operator orqali uy-joy xaridini “rassrochka” asosida moliyalashtirish mumkin boʻlmaydi.

Biroq bu norma quruvchi kompaniyaning uyini xaridorga bevosita boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotishiga tatbiq etilmaydi.

Sababi qarorning 3-bandi “a” kichik bandida sotuvchi tomonidan tovarni isteʼmolchiga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish holatlari muddatli toʻlov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shu tariqa, xaridor quruvchining oʻzidan uy-joyni avvalgidek “rassrochka”ga olishi mumkin. Cheklov quruvchi va xaridor oʻrtasidagi bevosita savdoga emas, uchinchi tomon sifatida qatnashadigan muddatli toʻlov operatorlariga tegishli.


Avvalroq Pinkod.uz xabar berganidek, yangi tartib bilan muddatli toʻlov bozori umuman olganda Markaziy bank nazoratiga olinmoqda. 

2027 yildan operatorlar maxsus reyestrga kiritiladi, ular orqali tuziladigan shartnomalar muddati 12 oy va qiymati 250 BHM bilan cheklanadi, qarzdorlik haqidagi maʼlumotlar esa kredit byurolariga uzatiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+