12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

14 178.500 so‘m

decrease

-55.380

153.920 so‘m

decrease

-0.920

12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

23-sentabr, 13:51
Bank

Endi “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” rasmiy daromadsiz fuqarolarga ham kredit ajratadi

Kredit mablagʻlari tashkilotning hamkor banklari orqali 22 sentabrdan boshlab ajratilishi rejalashtirilgan.

Endi “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” rasmiy daromadsiz fuqarolarga ham kredit ajratadi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” 22 sentabrdan norasmiy daromadga ega mijozlarga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

Yangi tizim barqaror daromad manbaiga ega, lekin uni hujjat bilan tasdiqlay olmaydigan fuqarolarga ham kredit olishni osonlashtiradi.

“Ushbu yangi mahsulot aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanib, ipoteka bozorini rivojlantirish uchun xizmat qiladi”, — deyiladi bayonotda.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida yangi ipoteka kreditlari hajmi 9,4 trln soʻmni tashkil etib, 37,1% ga oshgan. Ipoteka oluvchilar soni 20,5% ga koʻpayib, 31,5 ming kishiga yetdi, oʻrtacha kredit hajmi esa 300 mln soʻmga yaqinlashdi.

Berilgan kreditlarning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi (6,39 trln soʻm) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan. Shu bilan birga, IQMK liniyasi boʻyicha ajratilgan resurslar 6% ga kamayib, 800 mlrd soʻmdan kamni tashkil etdi. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+