11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

05-aprel, 2025
Iqtisodiyot
507

Elektron pul oʻtkazmalaridagi yangi tartiblar mijozlarga qiyinchilik tugʻdirmaydi — Markaziy bank

Markaziy bank toʻlov tizimlari va elektron pullar sohasidagi ichki nazorat qoidalariga kiritilgan oʻzgartishlar yuzasidan bildirilayotgan fikrlarga rasmiy izoh berdi.

Elektron pul oʻtkazmalaridagi yangi tartiblar mijozlarga qiyinchilik tugʻdirmaydi — Markaziy bank
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan bildirilayotgan fikrlar boʻyicha rasmiy izoh berdi.

Mijoz uchun nima oʻzgaradi?

Markaziy bankning taʼkidlashicha, ushbu talab mijozlarga qoʻshimcha qiyinchilik tugʻdirmaydi. Chunki:

  • Maʼlumotlar faqat toʻlov tashkilotlari va banklar oʻrtasida almashiladi;
  • Mijozlardan qayta identifikatsiya yoki hujjat taqdim etish talab etilmaydi;
  • Akkaunt ochilishida taqdim etilgan mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda maʼlumot uzatiladi.

Yaʼni, mijoz oʻzining elektron pul oʻtkazmalarida hech qanday qoʻshimcha harakat amalga oshirishi shart emas.

Bu tartib, avvalo, elektron pul oʻtkazmalari orqali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan noqonuniy faoliyatlarning oldini olish, moliyaviy operatsiyalarda shaffoflikni taʼminlash va elektron toʻlov tizimida xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Markaziy bankning taʼkidlashicha, mazkur choralar jahon standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan boʻlib, mamlakatda moliyaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+