12 078.470 so‘m

increase

10.870

14 234.480 so‘m

decrease

-5.290

155.230 so‘m

increase

1.520

12 078.470 so‘m

increase

10.870

Yaqin 37 daqiqa ichida
Iqtisodiyot
15

Elektromobillar uchun 12 va 16 foizlik imtiyozli kreditlar joriy etiladi

Prezidentning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida elektromobillarni rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur eʼlon qilindi. 

Unga koʻra, mahalliy elektromobillar uchu 12 foizlik, import elektromobillar uchu esa 16 foizlik kreditlar joriy qiklinadi. 

Zaryadlash stansiyalari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi hamda elektr energiyasi xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

Elektromobillar uchun 12 va 16 foizlik imtiyozli kreditlar joriy etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq Prezidentning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtayotgani xabar qilingandi

Unda ekologik toza transport vositalarini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, elektromobillarni ommalashtirish boʻyicha besh yillik dastur amalga oshirilishi belgilandi. Dastur doirasida mahalliy ishlab chiqarilgan elektromobillar uchun yillik 12 foizli, xorijdan olib kiriladigan elektromobillar uchun esa 16 foizli avtokreditlar ajratilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar taqdim etiladi. Ular uchun yer uchastkalari auksionlarda ikki baravar arzon narxda taklif qilinadi. Bundan tashqari, zaryadlash stansiyalarida elektr energiyasi narxining 1 kilovatt-soatiga 300 soʻmdan oshgan qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Elektromobillarda taksi xizmatini yoʻlga qoʻygan fuqarolar uchun ham alohida imtiyozlar joriy etilishi belgilandi.


Oʻzbekiston avtomobil bozori

Shu bilan birga, Oʻzbekiston avtomobil bozorida ishlab chiqarish hajmi barqaror oʻsishda davom etmoqda. 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatda jami 419 338 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 foizga yuqori.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida UzAuto Motors yetakchilikni saqlab qolmoqda. Biroq kompaniyaning bozor ulushi bir yil ichida 12 foiz punktga kamayib, 86 foizdan 74 foizgacha tushdi.

Boshqa ishlab chiqaruvchilar orasida eng yuqori oʻsish Kia kompaniyasiga toʻgʻri kelmoqda — yil boshidan buyon 24,5 ming dona avtomobil ishlab chiqarilib, 26,8 foizlik oʻsish qayd etildi. Shuningdek, BYD 17,5 ming dona, Haval 8 891 dona, Chery 8 627 dona avtomobil ishlab chiqargan. Tank 500 rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarish hajmi esa 50 donani tashkil etdi.

Bundan tashqari, maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 49 372 donaga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+