11 778.450 so‘m

increase

5.500

13 198.930 so‘m

decrease

-25.620

138.350 so‘m

decrease

-2.790

11 778.450 so‘m

increase

5.500

05-avgust, 16:39
Iqtisodiyot
592

Dollar rasmiy kursi soʻnggi sakkiz oydagi eng past koʻrsatkichga tushdi

Markaziy bank 6 avgust uchun dollar rasmiy kursini 11 886,72 soʻm etib belgiladi. AQSh valyutasi bir kunda 55,49 soʻmga arzonlab, 2025 yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi. Yil boshidan beri dollar kursi 138,61 soʻm yoki 1,2 foizga pasaygan.

Dollar rasmiy kursi soʻnggi sakkiz oydagi eng past koʻrsatkichga tushdi

Markaziy bank 6 avgust uchun AQSh dollarining rasmiy kursini 11 886,72 soʻm etib belgiladi. Amerika valyutasi bir kunda 55,49 soʻmga arzonlab, 2025 yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi.

5 avgust uchun bir dollar 11 942,21 soʻmga teng edi. Shu tariqa, kurs bir kunda 55,49 soʻm yoki 0,5 foizga pasaydi.

Bu 2025 yil 4 dekabrdan keyingi davrda kuzatilgan eng past koʻrsatkichdir. Dollar oxirgi marta bundan arzonroq — 11 880,93 soʻm darajasida 2025 yil 3 dekabrda boʻlgan.

Kurs ketma-ket ikkinchi kun pasaymoqda. Ikki kun ichida dollar 102,74 soʻm yoki 0,9 foizga arzonlashdi.

Yil boshida AQSh valyutasi 12 025,33 soʻmdan baholangan edi. Shundan beri rasmiy kurs 138,61 soʻm yoki 1,2 foizga pasaydi.

Ayni paytda yevro kursi 25,83 soʻmga arzonlab, 13 717,27 soʻmni tashkil etdi. Rossiya rubli esa 1,05 soʻmga pasayib, 146,37 soʻmga tushdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+