7 kun avval
Dollar rasmiy kursi sezilarli darajada koʻtarildi
AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 75,53 soʻmga koʻtarilib, 12 531,78 soʻmni tashkil etdi.

Foto: AI / Pinkod.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 26 iyundan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 75,53 soʻmga koʻtarilib, 12 531,78 soʻmni tashkil etdi.
Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:
- AQSh dollari — 12 531,78 soʻm (+75,53 soʻm)
- Yevro — 14 538,12 soʻm (+76,41 soʻm)
- Rossiya rubli — 159,82 soʻm (+1,46 soʻm)
- Funt sterling — 17 059,51 soʻm (+106,55 soʻm)
Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi.
Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:
- 2025 yilda — 13,566 soʻm
- 2026 yilda — 14,244 soʻm
- 2027 yilda — 14,957 soʻm
- 2028 yilda — 15,704 soʻm