12 233.670 so‘m

increase

48.560

14 233.880 so‘m

increase

152.770

154.840 so‘m

increase

2.260

12 233.670 so‘m

increase

48.560

17-sentabr, 16:42
Iqtisodiyot

Dollar kursi 22 oylik minimum darajaga tushdi

18 sentabr kuni amalda boʻladigan AQSh valyutasining soʻmga nisbatan qiymati pasayib, 12 254,27 soʻmni tashkil etdi. Oxirgi marotaba bunday pasayish 2023 yil 6 noyabrda kuzatilgan edi.

Dollar kursi 22 oylik minimum darajaga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda dollar rasmiy kursi soʻnggi yillarda kuzatilmagan past darajaga yetdi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 18 sentabr kuni amalda boʻladigan AQSh valyutasining soʻmga nisbatan qiymati 30,89 soʻmga pasayib, 12 254,27 soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oxirgi 22 oy ichida qayd etilgan eng past daraja boʻlib, dollarning bunday pasayishi soʻnggi marta 2023 yil 6 noyabrda kuzatilgan edi.

Shu tariqa, sentabr oyining oʻzida kurs 228,11 soʻmga, yil boshidan esa 666,21 soʻmga arzonladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+