12 168.980 so‘m

increase

40.960

14 588.170 so‘m

increase

169.170

159.890 so‘m

increase

1.370

12 168.980 so‘m

increase

40.960

22-avgust, 2025
Iqtisodiyot
396

Dollar kursi 20 oy ichidagi minimumga tushdi

25 avgust kunidan amalga kiradigan dollar kursi 56,70 soʻmga pasayib, 12 357,09 soʻmni tashkil etdi. Soʻnggi marta bunday kurs 2024 yil yanvar oyida qayd etilgan edi.

Dollar kursi 20 oy ichidagi minimumga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi sezilarli darajada tushishda davom etmoqda.

25 avgust kunidan amalga kiradigan dollar kursi 56,70 soʻmga pasayib, 12 357,09 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bu koʻrsatkich soʻnggi 20 oy ichidagi eng past daraja hisoblanadi. Soʻnggi marta bunday kurs 2024 yil yanvar oyida qayd etilgan edi.

Soʻnggi ikki kun ichida dollar kursi 100 soʻmdan koʻproq arzonlashdi. 

Yil boshidan buyon esa milliy valyuta dollarga nisbatan 4 foizdan koʻproqqa yoki 547 soʻmga mustahkamlandi. Avgust oyi boshidan beri kurs 335 soʻmga pasaygani kuzatilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+