12 320.340 so‘m

increase

17.180

14 614.390 so‘m

increase

106.500

159.360 so‘m

decrease

-0.400

12 320.340 so‘m

increase

17.180

10 soat avval
Iqtisodiyot
57

Dollar kursi 11 kunlik uzluksiz oʻsishdan soʻng pasaydi

Oʻzbekistonda dollar kursi 27 yanvardan beri davom etgan uzluksiz oʻsishdan keyin pasaydi. AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 10,35 soʻmga pasayib, 1 dollar uchun 12 309,99 soʻmni tashkil etdi. S&P Global’ning yangilangan prognoziga koʻra, 2026 yil yakuniga kelib dollar kursi 12 592 soʻmni tashkil etishi mumkin.

Dollar kursi 11 kunlik uzluksiz oʻsishdan soʻng pasaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank 11 fevraldan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 10,35 soʻmga pasayib, 1 dollar uchun 12 309,99 soʻmni tashkil etdi.

Mazkur pasayish soʻnggi 12 sessiya ichidagi ilk pasayish boʻldi. Bungacha dollar kursi 27 yanvardan 10 fevralgacha boʻlgan davrda ketma-ket 11 savdo sessiyasi davomida oʻsib borgan edi.

Ushbu davr mobaynida dollar kursi 12 084,95 soʻmdan 12 320,34 soʻmgacha koʻtarilgan.

Dollar kursi boʻyicha qanday prognozlar bor?

Valyuta kursini aniq bashorat qilish deyarli imkonsiz. Masalan, S&P Global avvalroq dollar kursi 13 566 soʻmgacha koʻtarilishini prognoz qilgan edi, biroq amalda kurs yil oxiriga kelib 12 ming soʻm atrofida shakllandi.

Shunga qaramay, ayrim institutlar oʻz prognozlarini eʼlon qilgan. Jumladan, 2026 yilgi davlat byudjetida dollar kursi oʻrtacha 12 350 soʻm darajasida boʻlishi kutilmoqda.

S&P Global’ning yangilangan prognoziga koʻra, 2026 yil yakuniga kelib dollar kursi 12 592 soʻmni tashkil etishi mumkin.

Yevroosiyo taraqqiyot banki ham kurs boʻyicha baholarini taqdim etgan:

  • 2026 yil oxiri — 12 800 soʻm

  • 2027 yil oxiri — 14 100 soʻm

  • 2028 yil oxiri — 15 100 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+