12 500.010 so‘m

decrease

-14.330

14 471.260 so‘m

decrease

-129.220

151.960 so‘m

decrease

-4.450

12 500.010 so‘m

decrease

-14.330

14-iyul, 18:57
Soliq

Dastlabki besh oylikda qaysi ovqatlanish korxonasi eng koʻp soliq toʻladi?

2025 yilning dastlabki besh oyida Oʻzbekistondagi umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari tomonidan qariyb 663 milliard soʻm soliq toʻlandi. Bu mablagʻning beshdan bir qismi eng yirik 20 ta kompaniya hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlib, ulardan KFC, Evos va Oqtepa Lavash tarmoqlari yetakchilik qilmoqda.

Dastlabki besh oylikda qaysi ovqatlanish korxonasi eng koʻp soliq toʻladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Soliq qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2025 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jami 663,4 milliard soʻm soliq toʻlangan. Bu mablagʻning 19,1 foizi yoki 126,4 milliard soʻmi TOP-20 talik yirik soliq toʻlovchi korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, ushbu yetakchi kompaniyalar 15,5 milliard soʻm miqdoridagi soliq imtiyozlaridan ham foydalangan.

Davr mobaynida umumiy ovqatlanish sohasi boʻyicha tovar aylanmasi 7,8 trillion soʻmni tashkil qilgan boʻlib, shundan 20,7 foizi yoki 1,6 trillion soʻmi aynan shu TOP-20 kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.

Eng koʻp soliq toʻlagan kompaniya — xalqaro KFC tarmogʻining Oʻzbekistondagi franshizasi hisoblangan International Foodchain boʻldi. Bu korxona besh oyda 37,7 milliard soʻm soliq toʻlab, reytingda birinchi oʻrinni egalladi. 

Ikkinchi oʻringa esa 26 milliard soʻm soliq toʻlagan Mak Food Servis kompaniyasi joylashdi. Ushbu kompaniya mamlakat boʻylab tanilgan Evos brendi ostida faoliyat yuritadi. Kuchli uchlikni esa 15 milliard soʻmlik soliq bilan Oqtepa Food Service yakunladi — bu korxona mashhur Oqtepa Lavash tarmogʻining asosiy operatori hisoblanadi.

Toʻrtinchi oʻrinni 13,9 milliard soʻmlik soliq toʻlovi bilan Ketring kompaniyasi egalladi. Keyingi oʻrinlarda esa soliq miqdori sezilarli darajada kamayadi: Feedup Eco besh oyda 3,2 milliard soʻm, Savdo 3,1 milliard soʻm, PJ Eastern Group va Wencaf esa har biri 2,8 milliard soʻmdan soliq toʻlagan. Chef Katering korxonasi 2,7 milliard soʻm soliq toʻlab, reytingda navbatdagi oʻringa joylashdi.

Vanilla Food kompaniyasi 2,3 milliard soʻm, French Pastry esa 2,1 milliard soʻm soliq toʻlagan. Vanilla Food Oʻzbekistonda mashhur Safia brendi ostida faoliyat olib boradi.

Reytingni Sam Agro Star, Ohangaron Turon Baraka, Lambic va Efendi Co kabi kompaniyalar yakunlab bergan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+