12 265.770 so‘m

increase

7.390

14 492.010 so‘m

increase

36.930

159.070 so‘m

decrease

-0.420

12 265.770 so‘m

increase

7.390

12 soat avval
Texnologiya
32

ChatGPT suhbatlarini tez orada Gemini’ga yuklash imkoni paydo boʻlishi mumkin

Google Gemini sunʼiy intellekt yordamchisida ChatGPT suhbatlarini import qilish imkonini beruvchi yangi funksiya sinovdan oʻtkazilmoqda. Ushbu yangilik foydalanuvchilarga boshqa AI platformalarida olib borilgan suhbatlar, promptlar va ish kontekstini saqlagan holda Gemini’ga oʻtish imkonini beradi.

ChatGPT suhbatlarini tez orada Gemini’ga yuklash imkoni paydo boʻlishi mumkin
Foto: AI/Pinkod.uz

Google Gemini sunʼiy intellekt yordamchisida boshqa AI platformalaridan chat tarixini import qilish imkonini beruvchi yangi beta funksiyani test qilmoqda. Bu yangilik AI sohasida tobora dolzarb boʻlib borayotgan “ekotizimga qamalib qolish” (ecosystem lock-in) muammosiga yechim boʻlishi mumkin.

TestingCatalog va bir nechta texnologik nashrlar xabariga koʻra, Gemini ilovasining biriktirma (atachment) menyusida “Import AI chats” (“AI chatlarini import qilish”) opsiyasi paydo boʻlgan. Ushbu funksiya orqali foydalanuvchilar ChatGPT, Claude va Microsoft Copilot kabi platformalardan suhbatlarni eksport qilib, ularni Gemini’ga yuklashi va suhbatni toʻliq kontekst saqlangan holda davom ettirishi mumkin.

Yangi imkoniyat, ayniqsa, oylar davomida boshqa AI yordamchilarida promptlar, sozlamalar va loyiha tarixini yigʻib kelgan foydalanuvchilarga qaratilgan. Hozirga qadar ChatGPT, Gemini va Claude kabi yirik chatbotlar foydalanuvchi odatlari va afzalliklari asosida individual maʼlumot bazalarini shakllantirib kelgan, biroq bu maʼlumotlarni xizmatlar oʻrtasida koʻchirish imkoni mavjud emas edi.

Google’ning ushbu import funksiyasi yordamchini almashtirishda tadqiqot yoki ish jarayonini boshidan-boshlash zaruratini kamaytirishni maqsad qilgan.

Dastlabki sinovlarga koʻra, funksiya hozircha aksariyat foydalanuvchilar uchun yashirin holatda. Biroq yaqin vaqt ichida u keng omma uchun ham ochilishi ehtimoli bor.

Shu bilan birga, Gemini’dagi rasm yaratish imkoniyatlari ham yangilanmoqda. Endilikda foydalanuvchilarga 2 va 4K formatlarda tasvirlarni yuklab olish taklif etiladi. Yuqori sifatli variantlar “best for print” (“bosma uchun eng yaxshi”) deb belgilangan boʻlib, bu AI-generated tasvirlardan jismoniy mahsulotlar va chop etiladigan materiallarda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+